|
Huquq normasini optimallashtirishga qonun va normativ qoi- Pdf ko'rish
|
bet | 151/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)Huquq normasini optimallashtirishga qonun va normativ qoi-
dalarni shakllantirishning obyektiv qonuniyatlarini yanada chuqur
bilish hamda normaning tuzilishini takomillashtirish, axborot oqim-
larini yo'lga solish, sanksiyaning amal qilishi oldidagi to'siqlami
bartaraf etish orqali erishiladi.
Optimallik darajaga ham, intensivlikka ham ega emas. Chu-
nonchi, ma’lum normani «ko'proq darajada optimal» yoki «kamroq
darajada optimal» deb baholab bo'lmaydi. Darajalilik huquqning
optimalligiga emas, samaradorligiga xosdir.
G o m e o s ta tik a
Gomeostatika - bu kibernetika va avtomatik tartibga solish
tizimlari nazariyasi negizida vujudga kelgan ilmiy yo'nalish.
Murakkab tizimlar u yoki bu darajada gomeostatikdir - ular-
ning har biri o'z hayotiy muhim parametrlariga ega bo'lib, bu
parametrlar ma’lum chegaralarda qo'llab-quwatlanishi zarur.
Tartibga solish mexanizmining barqarorligi haqidagi tasavvur
dastlab kibemetikada vujudga kelgan. Shu bilan birga u ijtimoiy
boshqaruv va ijtimoiy tartibga solish sohasiga ham amal qiladi
hamda tartibga solish atributi sifatida turli ijtimoiy fanlarda rivojla-
nadi. Avtoregulyatsion tizim sifatida qaraluvchi har qanday dav
latning ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy va boshqa siyosati ichki
va tashqi tipik funksiyalar orqali munosabatlarni o'zaro muvo-
zanatga keltirishi bilan tavsiflanadi. Jamiyat, davlat, jamoa yoki
alohida shaxsning siyosati faqat unda mavjud bo'lgan gome-
ostazis bilan belgilanib qolmay, gomeostazisga erishish maqsadini
ham ko'zlaydi.
Barqarorlik (gomeostazis) huquq normasi mexanizmining muhim
jihati va miqdoriy tavsifi ham hisoblanadi. Ijtimoiy boshqaruv
ancha keng yondashuvni, ya’ni tartibga solish muammosini ham,
|
| |