|
tirilgan axborot ta’minoti tizimlari, IIV Axborot-hisoblash tarmoqlari Pdf ko'rish
|
bet | 147/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)tirilgan axborot ta’minoti tizimlari, IIV Axborot-hisoblash tarmoqlari
singari yangi tushunchalar kirib keldi.
B o s h q a ru v n in g a s o s iy k a te g o riy a la r i va q o n u n la ri
Kibemetikaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat. Xususiy,
avtonom tizimchalar to'plamidan tashkil topgan murakkab tizimlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqaruv organi (bloki)siz ishlay olmaydi; bunday organsiz maz
kur tizimlar disfunksiya xususiyatini kasb etadi. Oxir natijada ular
buziladi va mustaqil obyekt sifatida mavjud bo'lmay qoladi.
Boshqaruv tizimlarini loyihalashning asosida subyekt obyektdan
nima istashi, ya’ni qanday maqsadni ko'zlashi haqidagi axborotlar
yotadi. Aynan shu axborotlar obyekt va boshqaruv tizimini birlash-
tiradi. Maqsadlarni belgilash jarayoni boshqaruv protsedurasidan
oldin keladi va uni jiddiy darajada shakllantiradi. Boshqarish va
tartibga solishning quyidagi tipik usullari mavjud:
boshqarilayotgan obyektning yuklangan parametrlardan chetga
og'ishini to'g'rilash yo'li bilan;
shovqinlarni kompensatsiya qilish orqali;
shovqinlarni bartaraf etish orqali.
N. Viner va boshqa olimlar boshqaruv va axborot tushuncha-
lari o'rtasida uzviy bog'liqlik mavjudligini ko'rsatib berdilar. Har
qanday boshqaruv to'g'ri va teskari aloqa kanallarida aylanadi-
gan axborotlarni to'plash, qayta ishlash va foydalanishga asosla-
nadi.
Axborot resurslari bilan ishlash:
ularni mamlakatning turli mintaqalarida joylashtirish;
axborotlarga bo'lgan ehtiyojlami aniqlash, shu jumladan ular-
ning tipologiyasini yaratish;
ehtiyojlarga muvofiq axborotlarning tarqatilishini tashkil etish;
|
| |