|
Jonli va jonsiz tabiatning murakkab tizimlaridagi boshqaruv Pdf ko'rish
|
bet | 144/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)Jonli va jonsiz tabiatning murakkab tizimlaridagi boshqaruv
prinsiplarining birligini aniqlashda amerikalik olim Norbert Viner va
uning izdoshlarining xizmatlari katta bo'ldi. Viner tartibga solish
ning keng mantiqiy-funksional talqinini berdi va uni kibernetika
deb nomladi. Bunga asoslari Platon, Amper, Maksvell, Vishne-
gradskiy, Lyapunov va boshqa olimlarning asarlarida yaratilgan
teskari aloqa klassik nazariyasi negiz bo'lib xizmat qildi1.
Shu asno texnik, biologik va ijtimoiy tizimlardagi boshqaruv
muammosi to'liq qo'yildi va uni chuqur, har tomonlama o'rganishga
kirishildi.
Akademik A.I. Berg kibernetikani mantiq va matematikaning
nazariy poydevoriga hamda avtomatlashtirish va axborot-mantiqiy
mashinalar vositalaridan foydalanishga asoslangan har qanday
murakkab dinamik tizimlar bilan optimal boshqarish haqidagi fan
sifatida ta’rifladi.
1 Shu bilan birga N. Viner kibernetika sistematik tavsifini bermadi.
147
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rus olimi A.N. Kolmogorov tasodifiy ketma-ketliklami interpoly-
atsiya va ekstrapolyatsiya qilish haqidagi matematik nazariyani
yaratdi va intellektual tizimlar haqidagi bir qator fundamental
qoidalarni asoslab berdi. V.M. Glushkov kibemetikaga «murakkab
boshqarish tizimlaridagi axborotlarni o'zgartirishning umumiy qonun-
lari to'g'risidagi» fan sifatida qaradi.
Bunda boshqaruv va axborot o'rtasidagi bog'liqlik o'rganildi.
Har qanday boshqaruv tizimiga axborotlar aloqalari obyektiv rav
ishda xosdir. Ijtimoiy boshqarishning axborot modeli qo'yilgan
vazifalarning hal qilinishi bilan bog'liq bo'lgan axborot oqimlari
|
| |