|
tomonidan boshqariladigan kompleks bo'lib, u ichki mantiqqa ega Pdf ko'rish
|
bet | 141/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)tomonidan boshqariladigan kompleks bo'lib, u ichki mantiqqa ega
va ko'rib chiqilayotgan muammoning mazmuniga ko'ra qarorlarni
ishlab chiqishga qodir.
Ekspert tizimlarining quyidagi turlari farq qilinadi:
1) maqsadi ma’lumotlardan vaziyatlarning tavsiflarini chiqarib
olishdan iborat bo'lgan integratsion tizimlar;
2) maqsadi diagnoz qo'yishdan iborat bo'lgan diagnostik tizim
lar;
3) maqsadi biron-bir obyektni loyihalashdan iborat bo'lgan
loyihalash tizimlari;
4) maqsadi harakatlami turli senariylar bo'yicha taqsimlashdan
iborat bo'lgan rejalashtirish tizimlari;
5) turli vaziyatlami taqqoslash uchun xizmat qiluvchi monitoring
tizimlari;
6) maqsadi avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlarini yaratishdan ib
orat bo'lgan ta’lim tizimlari;
7) maqsadi o'rganilayotgan jarayonning kechishini nazorat qil-
ishdan iborat bo'lgan nazorat tizimlari.
Intellektual EHMIaming o'ziga xos xususiyati shundan iboratki,
ular ma’lumotlar bazalaridan emas, balki bilim bazalaridan foy-
dalanadi. Voqelikni bilishning tajribada tekshirib ko'rilgan natijasi
bilim hisoblanadi. Huquq sohasiga tatbiqan bilim - bu insoniyat
tomonidan to'plangan instinktlar, faktlar, prinsiplar va huquqiy
bilishning boshqa obyektlaridir. Shuning uchun ham, ma’lumotlar
bazasidan farqli o'laroq, bilimlar bazasidan hujjatlar, kitoblar,
www.ziyouz.com kutubxonasi
maqolalar va hisobotlarda ifoda etilgan ma’lumotlar o'rin oladi.
Ekspert tizimi yuristlar - odatda huquqning biron-bir sohasi
mutaxassislari - tomonidan tuziladi va faqat bir sohada yuridik
vazifalarni hal qilish jarayonida yordamchi sifatida faoliyat ko'rsatish
|
| |