|
Abdujabbor muhammadiyev Pdf ko'rish
|
bet | 149/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)va teskari aloqa.
B o s h q a ru v
tushunchasi
Bu tushuncha umumiy va huquqiy kibernetikadagi markaziy
tushunchadir. Boshqaruv deganda boshqariluvchi obyektning bar
cha eng muhim xususiyatlarini saqlab qolish uchun unga (o'zaro
bog'langan elementlarning murakkab tizimiga) izchil sistematik
ta’sir ko'rsatish tushuniladi.
Davlat va huquq haqidagi fan bilan kibernetika o'rtasida uzviy
aloqa mavjud. U davlat va huquq ijtimoiy boshqaruv quroli ekan-
ligidan kelib chiqadi. Huquq uchun boshqaruv funksiyasi universal
superfunksiya hisoblanadi. U ikki asosiy kichik funksiya: regulyativ
va himoya funksiyalarida amalga oshiriladi.
Huquqiy kibernetika o'zining kelgusi rivojlanishida «boshqaruv»
tushunchasini va unga yaqin «tartibga solish» tushunchasini har
tomonlama ishlab chiqishga e’tibor berishi lozim. O'zbekistonning
amaldagi huquqi «boshqaruv» atamasidan voz kechgani yo'q.
Awalambor u O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida faol
qo'llaniladi.
O'zbekistonning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tkazish
awalambor boshqaruv shakl va usullarini, shu jumladan uning
asosiy xo'jalik bo'g'ini - ishlab chiqarish korxonasi miqyosida
axborotlar bilan ta’minlash shakl va usullarini o'rganishni talab
www.ziyouz.com kutubxonasi
etadi. Bundan tashqari, bozorga o'tish davlatning regulyativ funk-
siyadan to'liq bosh tortishini bildirmaydi.
O p tim a llik m u a m m o s i
«Optimallik» kategoriyasi nazariy kibemetikaning asosiy kate-
goriyalaridan biridir. U samaradorlik tushunchasi bilan uzviy bog'liq.
Huquq (huquq normasi) amal qilishining samaradorligi bu uning
|
| |