|
axborot resurslaridan foydalanishning samaradorligini baho- Pdf ko'rish
|
bet | 148/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)axborot resurslaridan foydalanishning samaradorligini baho-
lashni o'z ichiga oladi.
Huquqiy axborotlar uchun quyidagi kibernetika qonunlari me-
todologik ahamiyatga ega.
Murakkab dinamik tizimlami optimal boshqarish qonuni. Mazkur
qonunga muvofiq har qanday murakkab dinamik tizimni bosh
qarish optimal, ya’ni ayrim mezonlarga ko'ra eng maqbul bo'lishi
lozim.
Zarur xilma-xillik qonuni. Boshqaruvchi tizimning xilma-xilligi
boshqarilayotgan tizimning xilma-xilligiga mos kelishi kerak. «Xil-
ma-xillikni faqat xilma-xillikkina yo'q qilishi mumkin» (Eshbi).
Ichki va tashqi regulyatorlarning uyg'unligi qonuni. Murakkab
dinamik tizimni faqat tashqi va ichki regulyatorlarning uyg'unligida
samarali boshqarish mumkin.
O'zini o'zi boshqarish qonuni. Murakkab dinamik tizimni faqat
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqaruvchi blokda ichki regulyatorlar ustunlik qilgan taqdirda
samaraii boshqarish mumkin.
Boshqaruv obyektiga regulatorning yaqinlashish qonuni.
Boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga maksimal darajada
yaqin bo'lgan taqdirdagina boshqaruv samaraii bo'ladi.
Boshqaruv subyekti va obyekti o'rtasidagi korrelyativ muvofiqlik
qonuni.
Kibernetika va informatika uchun quyidagi tushunchalar prin-
sipial ahamiyatga ega.
Birinchi tushunchalar qatori. Boshqaruv, boshqaruv tizimi,
boshqaruv subyekti, boshqaruv obyekti, boshqaruv algoritmi, tiz
im, tuzilma.
Ikkinchi tushunchalar qatori. Maqsad, maqsadni ko'zlash, ehti-
ypj, manfaat, samaradorlik, samaradorlik va maqbullikning mezon-
lari va ko'rsatkichlari.
Uchinchi tushunchalar qatori. Axborot, axborotlar oqimi, to'g'ri
|
| |