|
transformatsiya - tizimning yangi holatga, yangi ish sharoitlariga Pdf ko'rish
|
bet | 152/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)transformatsiya - tizimning yangi holatga, yangi ish sharoitlariga
o'tishi muammosini ham o'rganishni talab qiladi. Huquqiy tartibga
solish jarayonlarining gomeostatik xususiyati, huquq normasining
amal qilish mexanizmining barqarorligi va turg'unligi huquq tizimi-
ning konservativ jihatlari birinchi o'ringa chiqishi va bunga urg'u
berilishini bildirmaydi. Huquq va huquqiy tartibga solish jarayon
larining barqarorligi bu yerda boshqaruv tizimining rivojlanishi va
bir sifat darajasidan boshqa sifat darajasiga o'tishi mavjud emas-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ligini ham anglatmaydi. Oavlat qonunlarning qat’iy bajarilishini
talab qilish, sanksiyalar qo'llash, ijtimoiy munosabatlaming yangi,
yanada mahsuldor shakllarini o'matish orqali o'z fuqarolari yashay-
digan muhitni optimallashtiradi. Bu ma’noda huquq normasi
mexanizmining barqarorligi jamiyat va davlat rivojlanish jarayonin-
ing o'ziga xos dialektik xususiyati sifatida namoyon bo'ladi va bu
rivojlanish jarayonida muntazam ravishda yangi ijtimoiy munosa
batlar shakllanib boradi.
§3. Ijtimoiy kibernetika g ‘oyalari
Kibemetikaning ijtimoiy aspekti o'ta muhim ahamiyatga ega.
Bu haqda birinchi bo'lib N. Viner o'zining «Kibernetika va
jamiyat» kitobida aytgan.
Ijtimoiy boshqaruv sohasiga quyidagi jihatlar xosdir.
1. Odamlar, jamoalar, katta va kichik guruhlar, tabaqalar
boshqaruv obyektlari hisoblanadi.
2. Bunga muvofiq iqtisod, siyosat, ijtimoiy, ekologik va de-
mografik jarayonlar ijtimoiy boshqaruv sohasini tashkil etadi.
3. Huquqiy tartibga solish obyektlari aniq ehtimoliy-statistik
xususiyatga ega.
|
| |