• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • O'zbekiston ta'lim tizimining rivojlanishi




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana15.12.2023
    Hajmi0,52 Mb.
    #119187
    Bog'liq
    Ibotov Qobiljon Nurilla o‘g‘li



    365 
    O'ZBEKISTON TA'LIM TIZIMINING RIVOJLANISHI 
     
    https://doi.org/10.5281/zenodo.6536008
     
     
    Ibotov Qobiljon Nurilla o‘g‘li 
    O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti 
    Umarov Aziz Akramovich 
    O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ofitseri 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston ta'lim tizimining rivojlanishi va hozirda 
    qilinayotgan ishlar vazifalar, Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy 
    qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etishi va rivojlanishi kabi prinsiplar 
    keltirilgan.  
    Kalit so’zlar: Maktabgacha ta‘lim; umumiy o‘rta ta‘lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar 
    ta‘limi; oliy ta‘lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim; kadrlar malakasini oshirish va 
    ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta‘lim.  
    KIRISH Malumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini 
    tushunish , tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish, dunyoqarashini 
    shakllantirish nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini 
    yaratadi. Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim 
    tizimi aniqlab beradi. Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini 
    belgilaydi.  
    Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim 
    turlarini o‘z ichiga oladi:
    -maktabgacha ta‘lim;
    -umumiy o‘rta ta‘lim;
    -o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
    -oliy ta‘lim;
    -oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim;
    -kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
    -maktabdan tashqari ta‘lim.
    O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir 
    bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr 
    uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin.
    Mavzuning maqsad va vazifalari: 
    Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: 


    366 
    -ta’lim ustuvorligining tan olinishi; 
    -ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; 
    -ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; 
    -ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
    -ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning 
    singdirilganligi; 
    -ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; 
    -ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 
    -o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni 
    bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; 
    -davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning 
    hamma uchun ochiqligi; 
    -o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va 
    tabaqalashtirilganligi;
    -insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; 
    -jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; 
    -ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; 
    -bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; 
    -ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; 
    -ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. 
    Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, 
    oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida 
    oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil 
    fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi 
    bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim 
    texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini 
    rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni 
    bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha 
    rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini 
    bajarib bermoqda. 
    Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh 
    kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda 
    xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish 
    integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Kontseptsiya 
    mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini 
    aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda 
    ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, 


    367 
    yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy 
    tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa 
    ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini 
    yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda jahondagi 
    nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o'choqlari hisoblanishi hech 
    kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi etakchi 
    universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda 
    mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy 
    universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarining soni 125 taga etdi. 
    Xulosa qiladigan bo'lsak, ta'lim sohasida amalg aoshirilayotgan istiqbolli 
    vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi 
    islohotlardan aslo qolishmaydi. CHunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng 
    ko'lamda davom ettirish davr talabidir. Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan 
    XXI asrda hayotning barcha jabhalarida – sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo'jaligi, 
    to'qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga 
    keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy 
    zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yo'lini tutgan barcha 
    mamlakatlarda e'tirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida 
    e'tibor berilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti, rahbar sifatidagi faoliyatini yurtimiz 
    akademiklari, etakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan 
    boshlaganligi, yurtimizda ilm-fan rivojini ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan 
    uyg'unlantirishga qaratganligi bejiz emas. 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    1.A.SH. Bekmurodov , Z.Y.Karimov ― Bosh maqsadimiz - keng ko`lamli 
    islohatlar va modernizatsiya yo`lini qat`iyat bilan davom ettirish‖Toshkent - 2013
    2.Ta`lim muammolari ‖ ilmiy - uslubiy jurnal 4 - son Toshkent 2014 – yil
    3.Xalq so`zi ‖ 2013 - yil 19 - yanvar

    Download 0,52 Mb.




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston ta'lim tizimining rivojlanishi

    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish