|
Ijtimoiy jamoalarga xos bo'lgan ma’muriy-qo'mondonlik Pdf ko'rish
|
bet | 153/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)4. Ijtimoiy jamoalarga xos bo'lgan ma’muriy-qo'mondonlik
usullari, ijtimoiy-psixologik usullar, bozor qonunlari, iqtisodiy va
ma’naviy rag'batlantirish, tarbiyalash, tavsiyalar berish, taqiqlash,
ishontirish, majburlash va boshqa shunga o'xshash spetsifik
regulyatorlarning mavjudligi.
5. Mazmuni boshqariluvchi obyektni ma’lum talablar, andoza-
lar, namunalar va sxemalarga moslashtirishdan iborat bo'lgan
adaptiv metodlar.
6. Odamlar ongi va xulq-atvoriga psixologik ta’sir ko'rsatilishi.
7. Inson faoliyatining ongli, izchil xususiyatga ega ekanligi.
Ammo kibemetikaning «klassik» apparatida faoliyati inson in-
tellektining murakkab harakati, uyushgan odamlar jamoalari va
yirik ijtimoiy guruhlarning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy-
tashkiliy tizimlar va obyektlarda sodir bo'luvchi boshqaruv va
tartibga solish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlari kam aks
ettirilgan. Jonli va ijtimoiy obyektlarning ayrim texnik moslamalar-
ga funksional o'xshashligi bizni ijtimoiy hodisalar - psixika, tashqi
www.ziyouz.com kutubxonasi
va ichki dunyoning modellari, adaptatsiya jarayonlarining o'ziga
xos xususiyatlarini chuqur tushunib yetishga yaqinlashtirmaydi.
Shuning uchun ham vazifasi odamlarning jamoalarida sodir
bo'luvchi boshqaruv va tartibga solish spetsifik jarayonlarini
modellashtirishdan iborat bo'lgan «ijtimoiy kibernetika»ni shakl
lantirish g'oyasi e’tiborga molikdir.
O'z vazifalariga erishish uchun ijtimoiy kibernetika quyidagi
metodlardan foydalanadi.
Refleksiv boshqarish nazariyasining metodlari. Refleksiv jaray-
onlar - bu ijtimoiy subyektlarning o'zaro hamkorlik yoki kurash
|
| |