|
chiqish;
— mazkur vositalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish Pdf ko'rish
|
bet | 137/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)chiqish;
— mazkur vositalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish.
Ko'rib chiqilgan kriptografik usullarning har biridan yo apparat
usulida, yo dasturiy usulda foydalanish mumkin. Dasturiy usulning
o'ziga xosligi shundan iboratki, barcha kriptografik o'zgartirish
usullari formal bo'lib, ulami algoritmik taomil ko'rinishida ifodalash
mumkin. Apparat usulida barcha shifrlash va shifrdan chiqarish
taomillarini maxsus elektron sxemalar bajaradi. Murakkab usullarni
qo'llaydigan modullar ayniqsa ko'p tarqalgan. Chet el shirflash
vositalarining aksariyati AQShda ishlab. chiqilgan DES standartiga
asoslangan. So'nggi yillarda murakkab shifrlash vositalari - das-
turiy-apparat vositalari paydo bo'la boshladi. Bu holda kom-
pyuterda o'ziga xos «kriptografik qo'sh protsessor» — kriptografik
amallami bajarishga mo'ljallangan hisoblash moslamasi qo'llaniladi.
Bunday moslama uchun dasturiy ta’minlash vositalarini o'zgartirish
yo'li bilan muayyan shifrlash usulini tanlash mumkin. Mazkur usul
dasturiy va apparat usullarining barcha ustun jihatlarini o'zida
birlashtiradi.
Shunday qilib, muayyan axborot tizimi uchun kriptografik himoya
usulidan foydalanish turini tanlash uning o'ziga xos xususiyat-
lariga ko'p jihatdan bog'liq va axborotni himoya qilish tizimiga
qo'yiladigan talablarni har tomonlama tahlil qilishga tayanishi
lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
VII BOB. HUQUQIY INFORMATIKANING
METODOLOGIK ASOSLARI
§1. Inform atika va sun’iy intellekt muammosi
Huquqiy informatikaning metodologiyasi foydalaniladigan vosi-
talarning xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Hozirgi bosqichda sun’iy
|
| |