|
kalitlarning taqsimlanishi muammosi ulardan amalda foydalanish- Pdf ko'rish
|
bet | 133/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)kalitlarning taqsimlanishi muammosi ulardan amalda foydalanish-
da zaif bo'g'in bo'lib qolayotir. Axborot tizimining ikki subyekti
o'rtasida maxfiy axborot almashish uchun ulardan biri kalitni
muayyan tarzda shakllantirishi va maxfiy usulda ikkinchi subyekt-
ga uzatishi lozim. Ya’ni umumiy holda kalitni uzatish uchun yana
bir kriptografik tizimdan foydalanishga to'g'ri keladi. Mazkur mua-
mmoni hal qilish uchun klassik va zamonaviy algebrada olingan
natijalar asosida ochiq kalitli tizimlar taklif qilindi. Axborot ishonchli
himoya qilinishini ta’minlash uchun ochiq kalitli tizimlarga ikkita
muhim talab qo'yiladi:
1. Asosiy matn shunday o'zgartirilishi kerakki, ochiq kalit yor
damida uni tiklashning iloji bo'lmasin.
2. Ochiq kalit yordamida hozirgi texnologik darajada yopiq
kalitni aniqlashning ham iloji bo'lmasin. Bunda shifr ochilishi
og'irlik darajasining quyi chegarasi aniq belgilanishi lozim.
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari hozirgi axborot tizimlarida
keng qo'llanilmoqda. Chunonchi, RSA algoritmi ochiq tizimlar uchun
jahon miqyosida rasmiy standartga aylandi. Umuman olganda,
hozirda taklif qilinayotgan barcha ochiq kalitli kriptografik tizimlar
qaytmas o'zgartirishlarning quyidagi turlaridan biriga tayanadi:
— katta sonlarni oddiy ko'paytuvchilarga bo'lish;
— pirovard maydondagi logarifmni hisoblash;
— algebraik tenglamalarning ildizlarini hisoblash.
www.ziyouz.com kutubxonasi
An’anaviy kriptografiya ta’minlovchi xavfsizlik bir necha omillar-
ga bog'liq.
Birinchidan, uzatilayotgan shifrlangan axborotni kalitsiz shifrdan
chiqarish mumkin bo'lmasligi uchun kriptografik algoritm ancha
|
| |