|
kuchli bo'lishi kerak. Ikkinchidan, uzatilayotgan axborotning xavf Pdf ko'rish
|
bet | 134/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)kuchli bo'lishi kerak. Ikkinchidan, uzatilayotgan axborotning xavf
sizligi algoritmning maxfiyligiga emas, balki kalitning maxfiyligiga
bog'liq bo'lishi lozim. Zaif bo'g'inlarga yo'l qo'ymaslik uchun algo
ritm mutaxassislar tomonidan puxta tahlil qilinishi kerak. Uch-
inchidan, algoritm shunday bo'lishi kerakki, ayni kalit yordamida
shifrlashda olingan ancha ko'p juftlar (shifrlangan ma’lumot, shi-
frlanmagan ma’lumot)ni bilgan holda ham kalitni bilib olishning
iloji bo'lmasin.
Bu yerda shuni ta’kidlab o'tish kerakki, ochiq kalitli kriptografik
tizim algoritmlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
1. Uzatilayotgan va saqlanayotgan ma’lumotlarni himoya qilish
mustaqil vositalari sifatida.
2. Kalitlarni taqsimlash vositalari sifatida.
Ochiq kalitli algoritmlar an’anaviy kriptografik tizimlarga qara-
ganda ko'proq mehnat sarfini talab qiladi. Shu sababli amalda
axborot tarzidagi hajmi uncha katta bo'lmagan kalitlarni ochiq kalit
yordamida taqsimlash, so'ngra oddiy algoritmlar yordamida katta
axborot oqimlari almashish maqsadga muvofiqdir. Ochiq kalitli
tizim - RSA tizimi eng ko'p tarqalgan kriptografik tizimlardan biri.
1977-yilda ishlab chiqilgan RSA kriptografik tizimi uning mualliflari
- Rivest, Shamir va Aydelman nomi bilan atalgan. RSA nosim-
metrik, ya’ni shifrlash va shifrdan chiqarishda turli kalitlarni
qo'llovchi algoritmdir. Foydalanuvchilar ikkita kalitga ega bo'ladilar
va o'z ochiq kalitini keng tarqatishlari mumkin. Shu sababli RSA
algoritmi banklarning kompyuter tarmoqlarida, ayniqsa, uzoqda
joylashgan mijozlar bilan ishlashda ko'p qo'llaniladi.
Elektron imzo. Matnga ulanadigan imzoning elektron o'zgartirilishi
|
| |