|
sababli autentifikatsiya vositalari kompleksda va kriptografik algo- Pdf ko'rish
|
bet | 136/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)sababli autentifikatsiya vositalari kompleksda va kriptografik algo-
ritmlar bilan birga qo'llanilishi lozim.
Kalitlarni boshqarish. Bu axborotga ishlov berish tizimining
kalitlar tuzish va ularni foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlashdan
iborat jarayonidir. Kriptografik metodlardan foydalanishning asosiy
yo'nalishlari - maxfiy axborotni aloqa kanallari orqali uzatish,
uzatilayotgan ma’lumotlaming haqiqiyligini aniqlash, axborotni tashu-
vchilarda shifrlangan holda saqlash.
Muayyan axborot tizimiga mos keladigan kriptografik tizimni
tanlashdan tashqari, yana bir muhim muammo bu kalitlarni
boshqarish muammosidir. Kriptografik tizim qanchalik murakkab
va ishonchli bo'lmasin, u kalitlardan foydalanishga asoslanadi.
Agar ikki foydalanuvchi o'rtasida maxfiy axborot almashishni
ta’minlash uchun kalitlar almashish jarayoni uncha murakkab
bo'lmasa, o'nlab, yuzlab foydalanuvchilar ishlaydigan axborot tiz-
imida kalitlarni boshqarish juda og'ir ish. Kalitli axborot deganda
axborot tizimida amal qiluvchi barcha kalitlar majmui tushuniladi.
Agar kalitli axborotni ishonchli boshqarish ta’minlangan bo'lmasa,
uni egallab olgan yovuz niyatli shaxs barcha axborotdan cheklan-
magan tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Kalitlarni
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqarish axborot jarayoni bo'lib, u uchta tarkibiy qismdan
iborat:
— kalitlarni bir yerga jamlash;
— kalitlarni to'plash;
— kalitlarni taqsimlash.
Kriptografik usullardan foydalanish. Axborotni himoya qilish
usullaridan foydalanish muammosi ikki jihatga ega:
— kriptografik algoritmlardan foydalanish vositalarini ishlab
|
| |