|
ekanligi ham hisobga olinishi lozim. Bu jarayonni to'liq algoritm- Pdf ko'rish
|
bet | 143/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)ekanligi ham hisobga olinishi lozim. Bu jarayonni to'liq algoritm-
lashtirib bo'lmaydi. Kompyuter qonun loyihasini «yaratish»ga qodir
emas.
Qonun loyihalarini yaratish murakkab vazifa bo'lib, uni hal
qilish jarayonida inson tafakkurining oliy ijodiy funksiyalari amalga
oshiriladi. Maqbul qonun loyihalarini yaratish uchun EHMdan sa-
marali foydalanish imkoniyatining yo'qligi qator omillar bilan izohla-
www.ziyouz.com kutubxonasi
nadi. Qonun loyihasi, alohida institut va alohida huquq normasi
miqyosida ijtimoiy va huquqiy reallikni muntazam bilish va umum-
lashtirish jarayonlarini kompyuterda modellashtirib bo'lmasligi shu-
lar jumlasidandir. Shuningdek har bir huquq normasi yaratish va
modellashtirishning o'z algoritmini talab etishini ham nazarda tu-
tish lozim.
§2. Informatika va kibernetika
Informatikaning rivojlanishi boshqa, unga yaqin soha — kiber-
netikaning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. Huquqqa tat-
biqan bu o'rinda huquqiy kibernetika haqida gap borishi lozim.
60- va 70- yillarda kibernetika jadal rivojlandi. Kibernetik va
axborotlar sohasidagi g'oyalar bir-biriga bog'liq holda ko'rib chiqil-
di. Bunda informatika g'oyalari kibernetika g'oyalari va metodlar-
iga nisbatan bo'ysunuvchi holatni egalladi.
70- yillarning oxirida informatika mustaqil fan sifatida
shakllana boshladi. Bu kibernetikaning o'rni va ahamiyatining
ma’lum darajada kamayishiga olib keldi. Bugungi kunga kelib
boshqa bir tendensiya ko'zga tashlandi: ayrim mutaxassislar kib-
ernetikaga informatikaning bir qismi sifatida qaray boshladilarki,
bu prinsipial noto'g'ridir.
|
| |