|
siya kanallari, aloqa tarmoqlari, axborotlarni himoya qilish tizimlariBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)siya kanallari, aloqa tarmoqlari, axborotlarni himoya qilish tizimlari
va vositalarining majmui tashkil etiladi. Jamoat tashkilotlari va
davlat organlarida maqsadi jamiyat a’zolari va ularning birlashma-
larining axborotlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo'lgan
alohida tashkiliy tuzilmalar faoliyat ko'rsatadi. Bular axborot agent-
liklari, ommaviy axborot vositalari, axborot xizmatlari ko'rsatuvchi
reklama va savdo tashkilotlaridir.
Axborot resurslari axborotlar infratuzilmasining eng muhim kom-
ponenti hisoblanadi. M azkur atam aga «Axborotlashtirish
to‘g'risida»gi qonunda ancha keng o'rin berilgan. Qonun mazkur
tushunchadan har tomonlama foydalanish asosiga qurilgan bo'lib,
axborot resurslarini alohida hujjatlar va hujjatlarning alohida mas-
sivlari, axborot tizimlari - kutubxonalar, arxivlar, ma’lumotlar ban-
klari, boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar massivlari sifatida
ta’riflaydi. Axborot resurslari axborot mahsullari yaratishning negizi
hisoblanadi2.
«Axborotlashtirish to'g‘risida»gi qonunda davlat axborot tizim-
larining to'rt turkumi belgilangan:
respublika axborot tizimlari;
hududiy axborot tizimlari;
tarmoq axborot tizimlari;
mahalliy axborot tizimlari va shoxobchalari.
Davlat organlari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, tashkil
otlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar davlat axborot resurslarini
1 Davlat manbalaridan qonuniy asosda olingan axborotlardan hosila axborotlarni
yaratish uchun foydalanilishi mumkin.
2 Axborot mahsuli — ijtimoiy muhitda tarqatish uchun shakllantirilgan ma’lumotlar
majmui. Axborot mahsuli moddiy tarqatuvchida dasturlar, hujjatlar, dasturiy-apparat
vositalari va shu kabi ko'rinishlarda qayd etilishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |