|
qonunining 4-moddasiga muvofiq, respublikaning axborot majmuiBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)qonunining 4-moddasiga muvofiq, respublikaning axborot majmui
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslaming axborot tizimlari-
dan tashkil topadi. Jismoniy shaxslarning axborot tizimlari o'z
mablag'lari hisobiga tashkil etiladi va ular tomonidan belgilangan
tartibda ruxsatnoma olingan taqdirdagina ishlatiladi.
Davlat tasarrufida bo'lmagan axborot tizimlari o'z muassis-
larining mablag'lari hisobiga tashkil etiladi va ular tomonidan
axborot mahsulotlari yaratish va xizmatlarini tashkil etish uchun
foydalaniladi. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar
O'zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab berilgan huqu
qlari va majburiyatlariga muvofiq holda axborotlashtirish sohasida
huquqiy munosabatlarning subyektlari sifatida ish ko'radilar. Axborot
davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat
mahsuli sifatida moddiy yoki intellektual mulk obyekti bo'lishi
mumkin. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlar
ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi-
gan mulkiy huquqqa egadirlar (9-modda). Davlat tasarrufida
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'lmagan axborot tizimlarida ishlov beriladigan axborotlar ushbu
axborotlar tizimi Axborot tizimlari davlat reyestrida ro'yxatdan
o'tkazilgan va uning egasi axborotga ishlov berish uchun ruxsat
noma olgan hollardagina qo'riqlanadi. Ishlov berishdan ko'zlangan
maqsad va xizmat ko'rsatish qoidalari ruxsatnomada ko'rsatib
o'tiladi1.
Jamiyatning axborotlar sohasidagi salohiyatini faollashtirish
maqsadida axborotlar infratuzilmasi - axborotlarni qayta ishlash
va tahlil qilish markazlari, axborot almashish va telekommunikat-
|
| |