|
Abdujabbor muhammadiyevBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)ishlashni tezlashtirish;
teskari aloqalardan yanada to'laqonli foydalanish;
axborot jarayonlarining texnik jihozlanish darajasini oshirish
hisoblanadi.
Axborotlashtirish - bu resurslaming an’anaviy turlari - mater-
iya va energiyani almashtirish, axborotni resurslaming uchinchi
turiga aylantirish jarayoni bo'lib, fan-texnika inqilobining yangi
bosqichidir.
Axborotlashtirish jarayoniga har xil pozitsiyadan turib qaraladi.
Uni jamiyatning har bir a’zosiga zarur bo'lgan axborot madaniya-
tini tarqatish jarayoni sifatida ham1, tashkiliy va huquqiy shart-
sharoitlar yaratish orqali axborot resurslaridan foydalanishning
samaradorligini oshirish jarayoni sifatida ham talqin qilish mumkin.
1 Axborot madaniyati - axborot texnologiyalarini egallash va ulardan amaiiy
faoliyatda foydalanish darajasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Axborotlashtirish» atamasini «kompyuterlashtirish» atamasidan
farqlay bilish zarur. Kompyuterlashtirishda asosiy e ’tibor axborot
larni qayta ishlash natijalarini tezkor olish va ularni jamlashni
ta’minlaydigan texnik bazani rivojlantirish va joriy etishga qaratila-
di. Kompyuterlashtirishning asosiy shakllari:
kompyuter tizimlari va tarmoqlarini, vazifasiga ko'ra har xil
bo'lgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AAT) barpo etish;
shaxsiy EHM negizida avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil
etish;
tashkiliy boshqaruv va qarorlar qabul qilish avtomatlashtirilgan
tizimlarini barpo etish;
iqtisod, siyosat va ijtimoiy sohalarda avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimlarini rivojlantirish.
Axborotlar sohasi rivojlangan mamlakatlarda axborotlashtirish
|
| |