|
qilish kerakligi masalalarini hal qilishni nazarda tutadiBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)qilish kerakligi masalalarini hal qilishni nazarda tutadi.
Ko'rib chiqilgan umumiy qoidalar nuqtai nazaridan axborot
huquq sohasida bir qator vazifalarni bajaradi. Birinchidan, u
huquqiy mexanizmlaming barcha tarkibiy qismlarini o'zaro bog'laydi,
ulami jamiyatning huquq tizimi bilan birlashtiradi, huquqiy tuzilma-
larni tashqi muhitga, tashqariga olib chiqadi. Ikkinchidan, axborot
huquqiy ta’sir ko'rsatishning barcha bosqichlariga xizmat ko'rsatadi
va huquqiy tuzilmalarga qo'yilgan maqsadlar yo'nalishida harakat
qilish imkonini beradi. Uchinchidan, axborot yordamida huquqiy
tuzilmalarda dastumi barqaroriashtirish va bajarish prinsiplari amal
ga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
V
B O B . HUQ UQ SOHASI N I
A X B O R O TLA SH TIR IS H BORASIDAGI
DAVLAT SIYOSATI
§1. Axborotlashtirish tushunchasi
«Axborotlashtirish» atamasi huquq fani va amaliyotiga 80- va
90- yillar oralig'ida kirib keldi va tez orada yangi fan yo'nalishining
ramzi sifatida e’tibor qozondi.
O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi
Qonunining 1-moddasida ushbu qonun axborot majmui faoliyatin
ing iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini, uning O'zbekiston
Respublikasida tutgan o'rni va ahamiyatini belgilashi, axborot
egalari va axborotdan foydalanuvchilar bo'lmish davlat hokimiyati
va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi
munosabatlarni tartibga solishi ko'rsatib o'tilgan.
Axborot jarayonlarini intensifikatsiya qilishning asosiy vositalari:
ma’lumotlarni uzatish tezligini tinimsiz oshirib borish;
uzatilayotgan axborotlar hajmini ko'paytirish va ularni qayta
|
| |