• Huquq ijodkorligi, huquqiy tarbiya vazifalarini va boshqa vazifalar­ ni amalga oshirish bilan shugullanuvchi davlat organlari qayta
  • birga kundan-kunga ortib bormoqda




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/243
    Sana27.11.2023
    Hajmi6,82 Mb.
    #106679
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   243
    Bog'liq
    Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

    birga kundan-kunga ortib bormoqda.
    Vaqt o'tishi bilan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa munosa- 
    batlarning murakkablashishiga qarab ijtimoiy-huquqiy va boshqa 
    ma’lumotlar hajmining ortishi jamiyatda huquqiy ta’sir ko'rsatish 
    vazifalarini amalga oshirishda ma’lum qiyinchiliklar tug'dirmoqda. 
    Huquq ijodkorligi, huquqiy tarbiya vazifalarini va boshqa vazifalar­
    ni amalga oshirish bilan shug'ullanuvchi davlat organlari qayta 
    ishlashi lozim bo'lgan ijtimoiy-huquqiy axborotlar hajmi tobora 
    ortib borayotir. Shu bilan bir vaqtda, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, 
    binobarin, huquqiy aloqalar soni ham ortib bormoqda.
    Ikkinchi tomondan, ijtimoiy-huquqiy axborotlar hajmining, shu 
    jumladan normativ-huquqiy hujjatlar hajmining ortishiga qarab 
    huquq sohasida huquqiy ta’sir ko'rsatishni takomillashtirish va 
    muvofiqlashtirish (hozirgi zamon informatika, kibernetika vosita va 
    usullari, huquqiy-axborot tizimlaridan foydalangan holda) imkoniy- 
    atlari ham ortib borayotir. Yangi qonuniyatlar, tushunchalar, prin- 
    siplar va usullarni bilishning qimmati shundaki, u huquqiy tartibga 
    solish, huquq ijodkorligi, huquq-tartibot, huquqiy madaniyat doira- 
    sida sodir bo'luvchi jarayonlarga huquqiy ta’sir ko'rsatishning 
    yangi imkoniyatlarini ochadi.
    Jamiyatning huquq tizimi va uning kichik tizimlari muayyan 
    ijtimoiy vazifalarni hal qilishi uchun huquqiy ta’sir ko'rsatish sub- 
    yektlarini zarur huquqiy va boshqa axborotlar bilan ta ’minlash 
    zarur. Ko'rib chiqilgan subyektlarning har biri faqat o'ziga kerak 
    bo'lgan axborot hajmi, muayyan yo'nalishdagi ma’lumotlar bilan 
    ta’minlanishi lozim. Bu qator omillarga: ijtimoiy-huquqiy ta’sir 
    ko'rsatish subyektlari va obyektlarining xususiyatiga, huquqiy 

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   243




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish