boshqaruv sikli uchun asos bo'lib xizmat qiladi, deb xuiosa chiqarish




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/243
Sana27.11.2023
Hajmi6,82 Mb.
#106679
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   243
Bog'liq
Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

boshqaruv sikli uchun asos bo'lib xizmat qiladi, deb xuiosa chiqarish 
mumkin.
Ammo bu holda ijtimoiy-huquqiy axborot har narsaga qodir 
degan tasavvur tug'ilmasligi kerak. Bizning nazarimizda, huquq 
sohasida axborot keng, ammo cheklangan vazifalar majmuini 
bajaradi. U umuman huquq tizimi komponentlarining, shuningdek 
huquq tizimi shart-sharoitlarining o'zaro ta’siri va o'zaro aloqasi 
shakli hisoblanadi; huquq sohasidagi barcha tartibga solish va 
boshqarish pog'onalari va funksiyalariga xizmat ko'rsatadi, boshqar­
ish usullari va vositalari haqidagi ma’lumotlarni o'zida mujassam 
etadi, huquq tizimining u yoki bu xulq-atvor variantini tanlashini, 
uning yangi holatga o'tishini va belgilangan maqsad sari intilishini 
belgilovchi sabab hisoblanadi.
Shunga qaramay, huquqiy ta’sir ko'rsatish va huquq sohasida 
boshqarish jarayonini faqat huquqiy tuzilmalardagi axborot jaray­
onlari bilangina bog'lamaslik lozim. U juda boy mazmunga ega. 
Huquqiy munosabatlaming ishtirokchilariga, muayyan odamlarga 
va hokazolarga huquqiy-boshqaruv vositalari yordamida ta’sir 
ko'rsatish bu ular zarur ijtimoiy-huquqiy axborotni berish akti 
emas, balki huquqiy munosabatlaming muayyan subyektlari, alo­
hida shaxslarning o'zaro aloqasidan iborat murakkab ijtimoiy va 
psixologik jarayondir. U huquqiy va boshqa xil axborot tushuncha- 
si bilan qamrab olinmaydigan omillarni o'z ichiga oladi. Burch, 
mas’uliyat hissi, iroda, talablar, manfaatlar, axloq va qadr-qimmat 
shular jumlasidandir.
Huquqiy ta’sir ko'rsatish aktlarini amalga oshirishda ijtimoiy- 
huquqiy axborot boshqaruv ta’siri ko'rsatish vositasi bo'lib xizmat 
qiladi. Huquq sohasida axborot berish o'ziga xos huquqiy ta’sir 

Download 6,82 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   243




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



boshqaruv sikli uchun asos bo'lib xizmat qiladi, deb xuiosa chiqarish

Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish