|
balaridan (aytaylik, ma’lum jinoyatni qonunga asosan tergov qi-Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)balaridan (aytaylik, ma’lum jinoyatni qonunga asosan tergov qi-
layotgan tergovchi), axborotni qabul qiluvchilardan (aytaylik, ter-
govchi jinoyatni qanday tergov qilayotgani ustidan nazoratni amalga
oshiruvchi va tergovchi o'zi olib borayotgan tergov ishlari haqida
muntazam xabar berib turuvchi prokuror) hamda axborot man-
balari bilan axborotni qabul qiluvchilarni bog'lovchi aloqa kanal-
laridan tashkil topadi.
Axborot manbai aloqa kanali orqali axborotni uzatishi, axborot
www.ziyouz.com kutubxonasi
ni qabul qiluvchi esa bu axborotni idrok etishi va uni baholashi
lozim.
Huquq sohasida axborotdan foydalanish deganda axborotni
huquqiy ta’sir ko'rsatish subyektidan (aytaylik, huquqiy tartibga
solish mexanizmidagi davlat organidan) to'g'ri aloqa kanllari
(pochta) orqali olib o'tish tushuniladi. Bunda obyektga boshqari-
luvchi ta’sir ko'rsatiladi, uning xulq-atvori zarur tomonga o'zgaradi
(davlat organi biron-bir sanksiya bilan obyektga ta’sir ko'rsatadi
va amaldagi huquqiy munosabatlar subyektlarining xulq-atvorini
o'zgartiradi). Subyekt bilan obyektning axborot sohasidagi o'zaro
aloqasi jarayonida shuni nazarda tutish kerakki, har qanday
ishlatiluvchi axborot, agar uning mazmuni ta’sir ko'rsatish
obyektining maqsad va vazifalariga mos kelsa, juda katta samara
beradi; mavjud axborot va ma’lumotlarning ta’sir kuchi obyekt
ixtiyorida mavjud faktlar soniga ma’lum darajada mutanosib bo'ladi;
ishlatiluvchi axborotlarda ziddiyatli faktlar bo'lmasa, ularning is-
honchlilik darajasi ham shuncha yuqori bo'ladi; avval olingan
m a’lumotlarga zid faktlar ifodalangan axborotlar birlamchi faktlar-
|
| |