|
o'rganadi, tahlildan o'tkazadi va baholaydi. Natijada u huquqiyBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)o'rganadi, tahlildan o'tkazadi va baholaydi. Natijada u huquqiy
tartibga solish uchun foydali va qimmatli axborotni keraksiz axborot
lardan ajratib oladi (ish uchun muhim bo'lgan materiallar, faktlar,
ma’lumotlami yig'ib, keraksiz axborotlarni chetga suradi).
Shundan so'ng huquqiy ta’sir ko'rsatish subyekti (masalan,
jinoyat adliyasi tizimidagi prokuratura organi) to'plangan axborot
larni daftarlar, papkalar, hisob kartochkalari va boshqa hujjatlarda
ro'yxatdan o'tkazadi yoki qayd etadi.
Axborotni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy, si
yosiy, demografiyaga doir va boshqa ma’lumotlar m a’lum tar-
qatuvchilarda (perfokartalar, hujjatlar, hisob daftarlari, dalolatnom-
www.ziyouz.com kutubxonasi
alar va boshqalarda) kelgusi axborot-tahlil ishlari uchun qulay
bo'lgan shaklda mustahkamlanadi. Huquq sohasidagi axborotlar
asosiy qo'lda ro'yxatdan o'tkaziladi. Shu bilan bir vaqtda, bunda
informatikaning maxsus texnika vositalaridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy-huquqiy axborotni ro'yxatdan o'tkazishga doir munosa
batlar, boshqa axborot munosabatlari singari, ijtimoiy xususiyatga
egadir. “Axborotni ro'yxatdan o'tkazish jarayonini u yoki bu tarzda
tashkil qilish, - deb qayd etadi A.B. Vengerov, - u yoki bu tartib
ma’lum ijtimoiy manfaatlarni aks ettiradi va huquqiy jihatdan
mustahkamlanadi. Bu yerda gap aw alam bor barcha axborotlar
asosida yotuvchi birlamchi yoki boshlang'ich axborotlarni ro'yxatdan
o'tkazish, bu axborotlarning sifati, haqqoniyligi, to'liqligi, aniqligi,
o'z vaqtida olinganligi hamda undan kelgusida foydalanish haqida
borayotir”.
Tartibga solish uchun to'plangan axborotlar asosan huquqiy
|
| |