|
tartibga solish, huquq ijodkorligi, qonuniylik, huquq-tartibot, huquBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)tartibga solish, huquq ijodkorligi, qonuniylik, huquq-tartibot, huqu
qiy tarbiya jarayonlari va boshqa jarayonlar bir-biri bilan cham-
www.ziyouz.com kutubxonasi
barchas bog'liq bo'ladi. Axborot bu yerda muhim atribut vazifasini
bajaradi. Jamiyatning huquq tizimi o'z komponentlari va tashqi
muhitga aynan axborot yordamida samaraii ta’sir ko'rsatish, yuza-
ga keluvchi ijtimoiy-huquqiy vazifalarni hal qilish va odamlarning
xulq-atvorini tartibga solishga qodir.
V.V. Glazirin bilan V.l. Nikitinskiyning fikricha, ijtimoiy munosa-
batlarga huquqiy ta’sir ko'rsatish jarayoni qator funksiyalami ba-
jarish orqali amalga oshiriladi: boshqariluvchi jarayonga ta’sir
ko'rsatishning huquqiy vazifasini aniqlash; yuridik muammoni
o'rganish va unga tashxis qo'yish; asosiy maqsadlar va vazifalar
ni aniqlash; yuridik muammoning yechimini izlash; normativ-huqu
qiy hujjat qabul qilish; uni amalga oshirish; normativ-huquqiy
qarorning bajarilishini nazorat qilish va uning samaradorligini
baholash shular jumlasidandir. O.A. Gavrilov bu qoidani rivo-
jlantirib, jamiyatdagi huquqiy ta’sir ko'rsatish sistemasi doirasida
norma ijodkorligi blokini, maqsadlami belgilash tizimi va maqsad
lar majmui, huquq normalari va institutlari, axborot kichik tizimi,
huquqni qo'llash, munosabatlar gomeostazi ustidan nazorat qilish,
tartibga solish obyekti va mahsuldorlikni ajratadi. Bizningcha,
bunday yondashuvlarni muammoni axborot tahlilidan o'tkazish
yo'li bilan to'ldirish mumkin.
Bu nuqtai nazardan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko'rsatish
jarayoniga axborot ahamiyatiga molik funksiyalar majmuini: huquq
sohasida tartibga solish maqsadlarini belgilash; keluvchi huquqiy
|
| |