|
normasini qo'llovchi yoki unga rioya qiluvchi, fuqarolar, u yoki buBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)normasini qo'llovchi yoki unga rioya qiluvchi, fuqarolar, u yoki bu
yuridik organning xizmatchilari, rahbarlari va h.k.)dir. Bu nuqtai
nazardan huquq sohasida ishlatiluvchi axborot ijtimoiy axborot
bo'lib, xalq irodasini hamda odamlarning talablari va manfaatlarini
aks ettiradi. Huquq sohasida axborot oqimlari o'z holicha mavjud
bo'lmaydi, ular iqtisodiy munosabatlar tizimi va bazi hodisalar
bilan belgilanadi. Shu bilan birga, bu oqimlar mazkur munosabat
lar va hodisalaming rivojlanishiga teskari ta’sir ko'rsatadi. Huquq
sohasida aylanuvchi axborotlar ham barcha axborot turlari uchun
umumiy bo'lgan vosita va usullar yordamida yig'ilishi, qayta ish-
lanishi va ishlatilishi, EHM va boshqa axborot texnikasi yordamida
amalga oshirilishi mumkin.
Axborot pozitsiyalaridan turib huquqiy ta’sir ko'rsatish ijtimoiy
mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiquvchi alohida funksiyadir.
Huquqiy ta’sir ko'rsatish ijtimoiy tushuncha bo'lib, odamlarning
xulq-atvori, ulaming qilmishlari, harakatlari, o'zaro munosabatlari
uning obyektini tashkil etadi. Uni axborot asosida amalga oshirish
aw alam bor muayyan huquqiy m a’lumotning bo'lishini nazarda
tutadi. Bu nuqtai nazardan huquqiy ta’sir ko'rsatish jarayonining
axborot jarayoni sifatidagi mazmun-mohiyati shu bilan tavsifla-
nadiki, tartibga solish subyekti o'z faoliyatini amalga oshirishdan
oldin o'z oldiga obyektning xulq-atvorini tartibga solishni maqsad
qilib qo'yadi. Bu maqsad uning manfaatlarini amalga oshirishda
* Tabiiyki, bunday yondashuvda ijtimoiy- huquqiy axborot tushunchasi mazmuniga
biz huquq normasida va u bilan bog'liq hodisalarda ifodalangan barcha ma’lumotlami
kirituvchi huquqiy, normativ axborot tushunchasidan ancha kengdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |