|
garlikka tortish uchun asos bo'ladi. Industrial shovqinlar (ya’niBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)garlikka tortish uchun asos bo'ladi. Industrial shovqinlar (ya’ni
xo'jalik faoliyati jarayonida texnik uskunalardan foydalanishda
vujudga keladigan sun’iy shovqinlar) ham texnik to'siqlar bo'lishi
mumkin.
2. Bilmaslik (bexabarlik) to'sig'i. Foydalanuvchi o'ziga zarur
axborotlar amalda mavjudligini bilmaydi.
3. Aloqa to'sig'i. Foydalanuvchi o'ziga zarur axborotlarning
mavjudligini biladi, ammo ularni olish imkoniyatiga ega bo'lmaydi.
Buning sababi har xil bo'lishi mumkin. Mutaxassislar, muassasalar
va mamlakatlar o'rtasida aloqalaming yo'qligi, axborotlarning ochiq-
oydin yoki oshkora keng tarqalishini istamaslik shular jumlasi-
dan.
4. Til bilan bog'liq to'siq. Axborotni olish imkoniyati mavjud,
ammo u foydalanuvchi bilmaydigan tilda yozilgan. Bu holda u
mazkur hujjatdan bosh tortadi.
Huquqiy axborotlarning tarqatilishi ba’zan ortiqchalik bilan ham
bog'liq bo'ladi. Huquqiy axborotlarning ijobiy ortiqchaligidan butun
kommunikatsiya jarayonini maqbullashtirish maqsadi ko'zlanadi.
Ijobiy ortiqchalik ommaviy axborot vositalari tomonidan ham
qo’llanadi (aholi yaxshi o'zlashtirishi uchun o'ziga xos vaziyatlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
qayta-qayta takrorlanadi).Qonun chiqaruvchi ijobiy ortiqchalikdan
normativ hujjatlarning idrok etilishi darajasini oshirish uchun foy-
dalanadi.
Informatika qoidalaridan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga bevosita bog'liq bo'lgan ko'pgina asosiy qonun-
larda mazkur muammoga bevosita daxldor bo'lgan konstitutsiyaviy
norma va qoidalarning ifoda etilishi maqsadga muvofiqdir.
Salbiy ortiqchalik axborot jarayonining maromini buzadi. U
|
| |