|
va boshqa axborotlarni olish hamda idrok etish, uni ro'yxatdanBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)va boshqa axborotlarni olish hamda idrok etish, uni ro'yxatdan
o'tkazish, saqlash va qayta ishlash; ma’lum yuridik qaror, hujjat
qabul qilish; ijtimoiy-huquqiy axborotni berish va undan foydalan-
ishni amalga oshirish deb qarash mumkin. Bunda chinakam
axborot faqat huquq normalari hamda ularning amal qilishi haqid
agi m a’lumotlarga emas, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarning
o'zaro ta’siri haqidagi ma’lumotlarga, qonun chiqaruvchi organlar,
korxonalar, birlashmalar, fuqarolar va boshqalarning faoliyati ha
qidagi ma’lum yuridik ma’lumotlarga ham taalluqli bo'lishini qayd
etib o'tish kerak.
Jamiyatning huquq tizimi va uning kichik tizimlarida aylanuvchi
axborot ijtimoiy axborot hisoblanadi. U materiya harakatining ijti
moiy shakli hamda uning huquq sohasida va tegishli yuridik
faoliyat sohalarida ishlatiluvchi boshqa barcha shakllari haqidagi
www.ziyouz.com kutubxonasi
ma’lum bilimlar va ma’lumotlar sifatida ishtirok etadi. Bu holda biz
unga shunchaki huquqiy, normativ axborot deb emas (garchi
axborot qidirish, qonun chiqarish vazifalari va boshqa vazifalar
munosabati bilan uni alohida ko'rib chiqish muhim ahamiyatga
ega bo‘lsa-da), so'zning keng ma’nosidagi ijtimoiy-huquqiy axborot
deb qaraymiz, ya’ni jamiyatning huquq tizimi va uning kichik
tizimlarida aylanuvchi hamda yuridik organlar va idoralar xodim-
larining ongi orqali o'tuvchi barcha (huquqiy, statistik, iqtisodiy,
siyosiy va boshqa) axborot turlarini o'rganamiz*.
Ko'rib chiqilayotgan axborot turining mazmun-mohiyati shundan
iboratki, u bilan ishlaydigan subyektlar va obyektlar m a’lum ja-
moa, millat va shaxslar guruhiga mansub bo'lgan odamlar (huquq
|
| |