Ma’ruza – 2
METALLL KESISH DASTGOHLARIDAN RASIONAL FOYDALAN-
ISH VA ULARNI REJALI OLDINDAN TA’MIRLASHNING
YAGONA TIZIMI
Reja:
1. Rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar
2. Ta’mirlash va profilaktika ishlarining turlari va ta’mirlashlararo xizmat
ko’rsatish
2.1. Ta’mirlashlararo xizmat ko‘rsatish
2.2. Profilaktika ishlarining turlari
2.3. Ta’mirlash ishlarining turlari
Tayanch so‘zlar va iboralar: dastgoh, ta’mirlash, rejali oldindan
ta’mirlash, rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi, kichik ta’mirlash, o’rta
ta’mirlash, kapital ta’mirlash,
profilaktika ishlari, ta’mirlashlararo xizmat
ko’rsatish, davriy profilaktik operatsiyalar, rejadan tashqari ta’mirlash.
1. Rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar
O‘zbekistonning ta'mirlash xujaligi keyingi 20 yilda aytarli darajada
yaxshilandi, lekin sanoatning asosiy tarmoqlarida hali ham asosiy ishlab
chiqarishning tez usuvchi talablaridan orqada qolmoqda. Ko‘pgina ta'mirlash
xizmatlari zamonaviy texnologik jihozlarga katta ehtiyoj sezmoqda.
Mamlakat
dastgohlari parkining uchdan bir qismidan ortiqrog‘i ta'mirlash bilan band.
Shuning uchun mashinasozlikda texnologik jihozlarni rejali oldindan ta'mirlash va
ratsional foydalanishning ilmiy va amaliy asoslangan tartibli tizimini ishlab chiqish
va uni amalda tadbiq qilish katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda mashinasozlik korxonalarining asosiy texnologik jihozi
bo’lgan metall kesish dastgohlaridan foydalanish va ta’mirlash ishlari bo’yicha
olib borilgan ilmiy, amaliy tajribalar va boshqa omillarga asoslangan holda
tehnologik jihozlardan rasional foydalanish va ularni rejali oldindan ta’mirlashning
ilmiy asoslangan yagona tizimi ishlab chiqilgan.
Rejali oldindan ta’mirlash (ROT) tizimi – deb metall kesish dastgohlari va
avtomatik liniyalarning buzilmasdan uzoq muddat ishlashini ta’minlash
maqsadida ularni vaqti-vaqtida ko’rik, tekshirish va ta’mirlash ishlarini oldindan
tuzilgan reja bo’yicha o’tkazishni nazarda tutadigan tashkiliy va texnik tadbirlar
majmuasiga aytiladi.
ROT tizimi metall kesish dastgohlari va avtomatik
liniyalarni uzoq muddat
davomoda ishga layoqatliligini saqlab, ularning to’la quvvatda va talab qilingan
aniqlikda ishlashini ta’minlaydi.
ROT tizimining asosiy vazifasi metall kesish dastgohlari va avtomatik
liniyalarni xizmat davrida ta’mirlashlararo
muddatini uzaytirish, ularni
ta’mirlashga ketadigan sarf xarajatlarni kamaytirish va ta’mirlash ishlari sifatini
oshirishdan iborat.
ROT tizimini amalga tadbiq etish quyidagilarni nazarda tutadi: 1) ta’mirlash
ishlarini va unung mazmunini aniqlash; 2) jihozlarni
parvarish qilish va ularga
xizmat ko’rsatish bo’yicha profilaktik operasiyalarni rejalashtirish va ularni amalga
oshirishni nazorat qilish; 3) jihozlardan foydalanish bo’yicha asosiy qoidalarni
ishlab chiqish; 4) metall kesish dastgohlarining ishlash
sharoitini inobatga olgan
holda ta’mirlash sikllarini, ta’mirlashlararo davrlarini o’rganish; 5) metall kesish
dastgohlarini ta’mirlashni murakkablik kategoriyalarini aniqlash; 6) ta’mirlash
ho’jaligi va ta’mirlash
brigadalarini tashkil etish; 7) ta’mirlashning istiqbolli
tehnologiyalarini qo’llash; 8) ehtiyot detal va uzellar bilan ta’minlash; 9) moylash
ho’jaligini tashkil etish; 10) ta’mirlash ho’jaligini material texnik ta’minotini
tashkil etish; 11) ta’mirlash ishlab chiqarish ishlari uchun chizma ho’jaligi, tehnik
sharoitlar, normativ va tehnalogik hujjatlarni tashkil qilish; 12) xizmat ko’rsatish
persanolini jihozdan foydalanishning asosiy
qoidalari bilan tanishtirish; 13)
ta’mirlashni o’tkazish sifatini va jihozdan to’gri foydalanishni nazorat qilishni
tashkil etish; 14) metall kesish dastgohlari va avtomatik liniyalarni ta’mirlash va
ularga xizmat ko’rsatish persanolini bilim darajasini tekshirish va malakasini
tizimli oshirishni tashkil etish; 15) ta’mirlash xizmati
ishchilariga mehnat haqi
to’lash tizimini ishlab chiqish; 16) ta’mirlashning mehnat talabligi, materiallar
sarfi, almashtiriladigan detallar ehtiyot qismi, ta’mirlashdagi to’xtab turish vaqtlari
normativlarini ishlab chiqish.