• Kapital ta’mirlash.
  • normativlarda o’rnatilgan vaqtlardan oshmasligi kerak. O’rtacha ta’mirlash




    Download 21,04 Kb.
    bet4/5
    Sana19.02.2024
    Hajmi21,04 Kb.
    #158947
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ma’ruza – 2 metalll kesish dastgohlaridan rasional foydalan ish -fayllar.org

    normativlarda o’rnatilgan vaqtlardan oshmasligi kerak.

    O’rtacha ta’mirlash. O’rtacha ta’mirlash deb metall kesish dastgohi va 

    avtomatik liniyaning boshqa jihozlarini qisman ajratish bilan amalga 

    oshiriladigan rejali tamirlashga aytiladi. 
    O’rtacha ta’mirlashda yeilish natijasida keyingi rejali ta’mirlashgacha ishlay 
    olmaydigan detal va uzellar, o’rta yoki kapital ta’mirlashgacha ishlay olmaydigan
    murakkabroq detallar tiklanadi. 
    O’rtacha ta’mirlashda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: a) dastgohni qisman
    ajratish, har xil uzellarning detallarini ko’rikdan o’tkazish, uzel va detallarni 
    yuvish, defektlar daftarini tuzish, friktsion va tormozlarni tekshirish va ta’mirlash;
    b) ta’mirlashni ta’lab qiladigan stanina, support, karetka, stol, konsol, kolonka
    polzun, va boshqalarning yo’naltiruvchilarini jilvirlash va shabirlash; d) valiklar,
    yeilgan vtulkalar, dumalash podshipniklari, friksion disklar, tishli g’ildiraklar, vint 
    va gaykalarni tiklash va almashtirish; e) sovitish nasoslarini, moylash tizimi va
    gidravlikasini va boshqalarni ta’mirlash. 
    Dastgohni yiqqandan so’ng moylash tizimi, gidravlika qurilmasi tekshiriladi,
    dastgohni salt yurishda va yuk ostida hamma surish va tezliklarda tekshirish 
    amalga oshiriladi. Shundan so’ng universal dastgohlar va maxsus dastgohlar
    GOST bo’yicha aniqlikka tekshiriladi, dastgohning tashqi yuzalari kraskalanadi. 
    O’rtacha ta’mirlash 1.2-jadvalda keltirilgan ish vaqtidagi to’xtashlar uchun
    normativlarga muvofiq amalga oshiriladi. 


    Kapital ta’mirlash. Kapital ta’mirlash deb hajmi jihatidan eng katta 

    bo’lgan rejali ta’mirlashga aytiladi. Kapital ta’mirlashda dastgoh va uning 

    hamma uzellari hamda avtomatik liniyaning hamma jihozlari to’liq ajratilib, 

    yeilgan hamma detallar va uzellar almashtiriladi, hamma bazaviy detallar 

    ta’mirlanadi. 
    Metall kesish dastgohlari va avtomatik liniyalarni kapital ta’mirlashda 
    quyidagi ishlar bajariladi: a) dastgohni ajratish, detal va uzellarni yuvish deffektlar
    daftarida oldin ko’rsatilgan deffektlarni aniqlash; b) T shaklida ariqchalari 
    qizargan stollarni tiklash yoki almashtirish; d) sovitish, moylash va gidravlik
    sxemalarini, cheklash qurilmalarini ta’mirlash va boshqa ishlar. 
    Dastgoh uzellari, avtomatik liniyaning boshqa jihozlari ta’mirlanib
    yig’ilgandan so’ng, harakat ravonligi rostlandi. Stollar, karetkalar, supportlar va 
    boshqa mexanizmlar salt yurishda va yuk ostida hamma tezlik va surishlarda




    obkatka qilinadi. Ishlov berilgan detallar aniqligi GOST bo’yicha tekshiriladi,
    kapital ta’mirlashga dastgohni kraskalash ham kiradi. 
    Metall kesish dastgohlari va avtomatik liniyalarni kapital ta’mirlash bilan
    bo’gliq to’xtashlar uchun normativlar 1.2-jadvalda keltirilgan. 

    1.2-jadval. Jihozlarini ta’mirlash uchun to’xtab turish vaqti meyorlari 




    Metall kesish dastgohlari 
    Ta’mirlash turi 

    Ta’mirlash brigadasi ishlaganida bitta ta’mirlash birligiga


    sutkadagi to’xtashlar meyori 
    Bir smenada
    Ikiki smenada 
    Uchinchi smenada
    Aniqlikka tekshirish 
    (mustaqil operasiya)
    0,10 

    0,05

    0,04

    Kichik
    0,25



    0,14
    0,10

    O’rta,
    0,60

    0,33
    0,25

    Kapital
    1,00

    0,54
    0,41

    Ilova:
    1. To’xtovsiz ishlaydigan sexlarda kapital va o’rta ta’mirlashdan oldin agregatlar to’xtashi bitta ta’mirlash 


    birligi uchun 0,1 sutka o’lchamida rejalashtirilgan.
    2. Keltirilgan meyorlarda jihozni poydevordan yechib olish va transportirovka qilishga sarflanadigan vaqtlar 
    nazarda tutulmagan.
    3. Hisoblashda dastgoh va avtomatik liniyalarni ta’mirlash uchun to’xtash vaqti yaxlitlanib olinadi: kapital 
    ta’mirlashda - 1 sutkagacha, o’rta va kichik ta’mirlashda - 1 smenagacha.
    4. Presizion dastgohlarni ta’mirlashda to’xtash meyori 15% ko’paytiriladi. 
    5. Jihozlarni takomillashtirishda to’xtash vaqti meyori takomillashtirish bo’yicha ish hajmiga qarab
    ko’paytirilishi mumkun, meyor zavod bosh mexanigi tomonidan o’rnatiladi va bosh muxandis tomonidan 
    tasdiqlanadi.


    Download 21,04 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 21,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    normativlarda o’rnatilgan vaqtlardan oshmasligi kerak. O’rtacha ta’mirlash

    Download 21,04 Kb.