ijtimoiy tizimning vazifalarini belgilab beradi. U mavjud axborotlar-




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/243
Sana27.11.2023
Hajmi6,82 Mb.
#106679
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   243
Bog'liq
Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

ijtimoiy tizimning vazifalarini belgilab beradi. U mavjud axborotlar- 
ga asoslangan bo'lib, tartibga solish nuqtai nazaridan maqbul 
normativ hujjatlarni ishlab chiqish, qonuniylikni buzish hollariga 
barham berish, huquq-tartibotni mustahkamlash, aholining huqu­
qiy ongini o'stirish va hokazolarga taalluqli bo'lgan qator kichik 
maqsadlarga tabaqalanishi mumkin.
Shundan so'ng qo'yilgan maqsadga muvofiq huquqiy ta’sir 
ko'rsatish subyektiga turli manbalardan to'g'ri aloqa kanallari 
orqali ijtimoiy tizim, boshqaruv obyekti, tashqi va ichki yo'sindagi 
salbiy ta’sirlar haqida axborotlar, bilimlar, xabarlar va ma’lumotlar 
kelib turadi. Mazkur subyekt (aytaylik, o'z miqyosida bozor muno- 
sabatlarini tartibga solish masalalari bilan shug'ullanayotgan vilo- 
yat ma’muriyati) uchun bu zarur huquq normalari (biznesga doir 
qonun hujjatlari), ta’sir ko'rsatish obyektining rivojlanish tendensi- 
yalari (viloyatda aksiyadorlik jamiyatlari va firmalar tashkil etilishi, 
ularning qonunga muvofiq ishlashi, olgan foydasi miqdori va h.k.) 
haqidagi axborotlar bo'lishi mumkin. Axborot olish (yig'ish) 
shuningdek boshqaruv obyektida ham amalga oshiriladi.
Huquqiy ta’sir ko'rsatish subyekti (masalan, fuqaroviy-huquqiy 
munosabatlami huquqiy tartibga solish mexanizmida davlat arbitri) 
olingan axborotlarni idrok etadi va idrok etilayotgan obyektning 
ma’lum mazmun modelini (xo'jalik yuritish sohasidagi nizoning 
ishtirokchilari bo'lgan korxonalarning huquqiy xulq-atvori modelini) 
tuzadi. Shundan keyin huquqiy ta’sir ko'rsatish subyekti (davlat 
arbitri) mazkur modelni (korxonalar huquqiy xulq-atvorining bar­
cha holatlarini, ularning yuqori organlarga murojaatlarini, bir- 
biriga qilayotgan da’volarining xususiyatini va boshqa holatlarni) 

Download 6,82 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   243




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ijtimoiy tizimning vazifalarini belgilab beradi. U mavjud axborotlar-

Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish