|
Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi. Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 24,08 Kb. | | #131962 |
Bog'liq kiber huquq Mustaqil ish O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Bajardi:Abdumaxmudov Nuriddin
Axborot xavfsizligi _ta’limyo‘nalishi.
Guruh:071-20guruh.
talabaningF.I.Sh:Abdumaxmudov Nuriddin
Qabul qildi:Mavlonov O.N
Mustaqil ish
Mavzu: Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi.
Reja:
Kiberxuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunchilik.
Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi.
Konfedensial axborotni himoyalashning huquqiy asoslari.
Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik.
Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi me’yoriy, nazariy va amaliy izlanishlar natijalari bilan tanishtirish. Axborot tizimlarini, resurslarni himoyalangan texnologiya asosida qurish, himoyalanadigan axborotga nisbatan bo‘ladigan taxdidlarga zamonaviy yondashuvga asoslangan holda tahlil qilishga doir bilimlar va uquvlar hosil qilishga asos tayyorlaydi hamda mutaxassislik fanlarini muvaffaqiyatli o‘rganish uchun zarur bo‘lgan kasbga doir tushunchalar, ta’riflar, iboralar me’yoriy-huquqiy xujjatlar, qonunlar va standartlarni qo‘llashga oid bilimlarni shakllantiradi. Kiberetika – kompyuterlar nimaga dasturlangan bo’lsa hamda bu alohida insonlarga va umuman jamiyatga qanday ta’sir qilishi, foydalanuvchilarni axloqini qamrab oladigan kompyuterga taalluqli etikani falsafa sohasidir. Kiberhuquq va kiberetika deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi infratuzilmaning himoyalanganligi tushuniladi. Bu nuqtai nazardan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko'rsatish jarayoniga axborot ahamiyatiga molik funksiyalar majmuini: huquq sohasida tartibga solish maqsadlarini belgilash; keluvchi huquqiy va boshqa axborotlarni olish hamda idrok etish, uni ro'yxatdan o'tkazish, saqlash va qayta ishlash; ma’lum yuridik qaror, hujjat qabul qilish; ijtimoiy-huquqiy axborotni berish va undan foydalanishni amalga oshirish deb qarash mumkin. Bunda chinakam axborot faqat huquq normalari hamda ularning amal qilishi haqidagi ma’lumotlarga emas, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarning o'zaro ta’siri haqidagi ma’lumotlarga, qonun chiqaruvchi organlar, korxonalar, birlashmalar, fuqarolar va boshqalarning faoliyati haqidagi ma’lum yuridik ma’lumotlarga ham taalluqli bo'lishini qayd etib o'tish kerak. O'zbekistonda jamiyat hayotining huquq sohasini axborotlashtirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Davlat nodavlat tuzilmalarning ishtirokida hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyatiga eng yangi axborot texnologiyalari, kompyuter tizimlari va tarmoqlari, avtomatlashtirilgan ish joylari, ekspert va maslahat tizimlarini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar majmuini izchil amalga oshirmoqda. MDHga a’zo davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning kengayishi va chuqurlashishiga har bir mamlakatning huquqiy hujjatlari haqidagi tezkor, to'liq va to'g'ri ma’lumotlaming mavjud emasligi to'sqinlik qilib turibdi. Milliy qonunchiliklarning jadal o'sishi, ular o'rtasida tuzilgan ko'p tomonlama va ikki tomonlama bitimlar sonining ko'payib borayotgani, shuningdek milliy qonunchiliklarning rivojlanishi bilan bog'liq obyektiv qiyinchiliklar bu muammoni yanada murakkablashtirmoqda. 1994-yil 28-oktabrda Parlamentlararo Assambleya Kengashining qarori (№ 54) bilan Davlatlararo huquqiy axborot almashish tizimi konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya Tizimning vazifalari va tuzilmasini huquqiy rasmiylashtiradi, uni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ifoda etadi. MDH AAAT umumiy tizim bo'lib, barcha turdagi axborotlarni qamrab oladi. AAATning axborot negizini ma’muriy-boshqaruv axborotlari, huquqiy, iqtisodiy-statistik, iqtisodiy-jug'rofiy, ilmiy-texnik axborotlar va ommaviy axborot vositalarining xabarlari tashkil etadi. MDHga a’zo davlatlarning yagona huquqiy axborot maydonini vujudga keltirish jarayoni tugallangani yo‘q. Huquqiy axborotlar milliy tizimlarini yaratish jarayoni ham davom etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmonlari ana shu masalaga bag'ishlangan. Jahon axborot maydonini yaratish kishilik taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat oldida turgan ulkan vazifalardan biridir. Xalqaro huquqiy axborotlar maydoni ana shu jahon axborot maydonining bir qismi bo'lishi lozim. Xalqaro kompyuter tarmoqlari jahonning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olishi zarur. Bu jahon iqtisodiyoti, siyosati, biznesi, ijtimoiy munosabatiar, shartnomalar tuzish, to'lovlami amalga oshirish va boshqa sohalarda yangi imkoniyatlar ochadi. Jahondagi ilg'or mamlakatlarning axborot yig'ish, qayta ishlash va uzatish yagona jahon uyali axborot tarmog'ining zamonaviy telekommunikatsion aloqa vositalari kommutatsiya kanallariga ega davlat aloqasi, yo'ldoshli aloqa tizimlari, yer osti aloqa tizimlari, ko'chma va statsionar obyektlarga ega radioaloqa hamda hujjatlar almashish tizimlaridan foydalanadi.
2
|
| |