• Konfedensial axborotni himoyalashning huquqiy asoslari
  • Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi




    Download 24,08 Kb.
    bet2/4
    Sana08.01.2024
    Hajmi24,08 Kb.
    #131962
    1   2   3   4
    Bog'liq
    kiber huquq Mustaqil ish

    Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi.
    Jahon axborot maydonini yaratish kishilik taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat oldida turgan ulkan vazifalardan biridir. Xalqaro huquqiy axborotlar maydoni ana shu jahon axborot maydonining bir qismi bo'lishi lozim. Xalqaro kompyuter tarmoqlari jahonning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olishi zarur. Bu jahon iqtisodiyoti, siyosati, biznesi, ijtimoiy munosabatiar, shartnomalar tuzish, to'lovlami amalga oshirish va boshqa sohalarda yangi imkoniyatlar ochadi. Xalqaro kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi milliy tizimlarni takomillashtirish zarurati bilan bog'liq. Ko'pgina rivojlangan mam- lakatlarda axborot texnologiyalari sohasida ortda qolish qaytmas jarayonga aylanishi mumkinligiga ishonch kuchayib borayotir. O'zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi umumiy inqiroz va axborot inqirozi sharoitlarida kechmoqda. O'zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi: axborot texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiya vositalari taraqqiyotidan ortda qolganligi; mamlakatda telefonlashtirish yetarli darajada zich emasligi; milliy axborot qonun hujjatlari taraqqiyotdan ortda qolganligi, bir qator muhim qonunlar hanuz qabul qilinmaganligi, amalga joriy etilgan qonunlar esa ko'pincha bajarilmasligi; jamiyat a’zolari huquqiy-axborot madaniyatining pastligi; O'zbekistonning jahon axborot hamjamiyatiga qo'shilishi masalalariga davlat hokimiyati organiari, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari tomonidan yetarli darajada e’tibor berilmasligi bilan farq qiladi. O'zbekiston eng yangi axborot texnologiyalari sohasida rivojlangan g'arb mamlakatlaridan hatto optimistik baholashlar bo'yicha ham 25-30 yilga ortda qolgan. Jumladan, informatika vositalarini ishlab chiqarish hajmlari, EHM texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari va axborot uzatish tizimlari bo'yicha O'zbekiston AQShdan 4-5 baravar ortdadir. O'zbekistonning jahon axborot maydoniga kirishi konsepsiyasini shakllantirish negizida xalqaro tarmoq tushunchasi yotadi. Xalqaro tarmoq - bu komponentlari bir nechta mamlakatda joylashgan kompyuter tarmog'idir. Bunday tarmoqlar ilmiy tadqiqotlarni axborotlar bilan ta’minlash, iqtisodiy va texnologik vazifalarni hal qilish uchun tashkil etiladi. Jahondagi ilg'or mamlakatlarning axborot yig'ish, qayta ishlash va uzatish yagona jahon uyali axborot tarmog'ining zamonaviy telekommunikatsion aloqa vositalari kommutatsiya kanallariga ega davlat aloqasi, yo'ldoshli aloqa tizimlari, yer osti aloqa tizimlari, ko'chma va statsionar obyektlarga ega radioaloqa hamda hujjatlar almashish tizimlaridan foydalanadi. Bugungi kunda barpo etilayotgan va muvaffaqiyatli ish olib borayotgan jahon tijorat va bank tarmoqlarida global yo'ldoshli tizimlar, EHM tarmoqlari, xalqaro aloqa tizimlari va teleradioaloqa tarmoqlaridan keng foydalanilmoqda. Internet muhim xalqaro kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Internet jahon kompyuter tarmog'i davrimizning buyuk yutuqlaridan biridir. Bugungi kunda Internet, uning ilovalari va texnologiyalari ko'pgina mamlakatlarning iqtisodiyoti mudofaa qobiliyatiga ta’sir ko'rsatmoqda, ularning rivojlanishining muhim omili bo'lib xizmat qilmoqda, tijorat va savdo-sotiqning o'sishiga yordam bermoqda. Internet global tarmog'i jahonning 200 dan ortiq mamlakatini birlashtirgan. Mazkur tarmoq faqat milliy miqyosdagi (AQSH va Kanada) infratuzilmalar bilan emas, Yevropaning shunday kontinental infratuzilmalari bilan ham ta’minlanadi. O'zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali axborot mahsullarini uzatish va olish, shuningdek axborot xizmatlari ko'rsatishni tartibga soladi. Mazkur qonun shuningdek O'zbekiston Respublikasining davlat axborot resurslarini to'ldirish uchun respublika hududiga olib kiriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaming (shu jumladan sotib olinadigan hujjatlashtirilgan axborotlaming) tarkibini aniqlash tartibini hamda ularni sotib olish tartibini ham belgilaydi.
    3 Konfedensial axborotni himoyalashning huquqiy asoslari
    Axborot xavfeizligini huquqiy ta’minlashning birinchi yo'nalishining huquqiy asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining quyidagi huquqiy normalari tashkil etadi. «67-modda.Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to'g'riligi uchun belgilangan tartibla javobgardirlar. Senzuraga yo'l qo'yilmaydi». Qonun chiqaruvchi shuni nazarda tutadiki, ommaviy axborotning erkinligi va senzuraning man etilishi shubhasiz to'g'ri, hozirjavob, obyektiv, ya’ni sifatli axborotlarni yaratish va tarqatish imkoniyatini beradi, bu zararli va xavfli axborotlarning tarqatilishini istisno etishi lozim birinchi yo'nalishning mazmuniga qarang. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan, ommaviy axborot institutini shakllantirishda aynan shunday talablar qo'llanishi, ushbu institut doirasida normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ham bu talablar hisobga olinishi lozim. «Insonlarning hayoti va sog'lig'iga xavf soladigan holatlar va shart-sharoitlami yashirgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi». Bu norma shaxs va jamiyatni xavfli axborotlarning yashirilishidan himoya qiladi. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va qonunlariga muvofiq davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalanish cheklangan xizmatga doir ma’lumotlar (vrachlik, notariat, advokatlik sirlari, yozishmalar, telefonda so'zlashuvlar, pochta jo'natmalari, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlar sirlari va h.k.); O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va qonunlariga muvofiq davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalanish cheklangan, tijorat faoliyati bilan bog'liq bo'lgan ma’lumotlar tijorat sirlari kashfiyot, foydali model yoki ishlab chiqarish namunasining mohiyati haqidagi ma’lumotlar, ular to'g'risidagi axborotlar rasman e’lon qilingunga qadar. Bu ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat normasi bo'lib, u shaxs va jamiyatni aniq, ko'rsatilgan turdagi zararli va xavfli axborotlardan himoya qiladi.


    Download 24,08 Kb.
    1   2   3   4




    Download 24,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi

    Download 24,08 Kb.