|
qilish sohasiga qarab universal, mintaqaviy va partikulyar axborotBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)qilish sohasiga qarab universal, mintaqaviy va partikulyar axborot
normalari; yuridik kuchiga qarab - imperativ va dispozitiv axborot
normalari; huquq tizimidagi funksiyalariga qarab - moddiy va
protsessual axborot normalari; yaratish usuli va mavjudlik shakli-
ga (manbasiga) qarab - shartnomaviy, xalqaro axborot normalari
hamda xalqaro tashkilotlarning qarorlari farqlanadi.
1 Axborot normasi tushunchasini kengaydrish mumkin emas. Chunonchi, ma’lum
axborot «yuki»ga ega bo‘lsa-da, o'zining ichki tabiatiga ko'ra boshqa huquqiy
tartibga solish sohasiga mansub bo'lgan huquq normalari axborot normalari
hisoblanmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
§5. Huquqiy tartibga solish mexanizmidagi
axborot jarayonlari
Axborot jarayonlari - bu tabiiy, texnik yoki ijtimoiy muhitda
axborot tarqatish jarayonlaridir. Axborot jarayonlari ijtimoiy iyerar-
xiyaning barcha pog'onalarida:
butun jamiyatda;
katta ijtimoiy tabaqa va ijtimoiy guruhlarda;
kichik ijtimoiy tabaqa va mehnat jamoalarida;
alohida shaxs va uning inditsidual ongida (informatsion-psix-
ologik jarayonlar) sodir bo'ladi.
6 -rasm. Axborot jarayonining blok-sxemasi
Axborot o'z manbaidan iste’molchi (foydalanuvchi) sari harakat
qiladi. Axborot jarayonlarini tavsiflash uchun informatikada «axborot
kanali» atamasi qo'llanadi. Axborot kanali biologik, ijtimoiy, texnik
(radio, televideniye) va psixologik jarayonlar (axborotlarni idrok
etish, eslab qolish va ifoda qilish)ni o'zida mujassamlashtiradi.
Murakkab telekommunikatsiya tarmoqlari va fizik maydonlar
(elektromagnit maydonlar, radioto'lqinlar) axborot kanallari vazifas-
|
| |