|
Axborot funksiyasi: jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalari vaBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)1. Axborot funksiyasi: jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalari va
ijtimoiy guruhlariga axborot berish; yangi qonunlar va boshqa
normativ huquqiy hujjatlarning tayyorlanishi va qabul qilinishi
haqida xabarlar berish.
2. Operativ funksiya: davlatning muhim huquqiy hujjatlariga
nisbatan jamiyatning munosabatini aniqlash.
3. Muvofiqlashtirish runksiyasi: ko'pchilik fuqarolar va ijtimoiy
tabaqalarda huquqiy qadriyatlar modellarining birligini o'matish.
4. Mafkuraviy funksiya: har bir fuqaro va butun jamiyatda
yuksak darajadagi huquqiy ongni tarbiyalash, qonuniylik va hu-
quq-tartibot g'oyalarini targ'ib qilish; qonun hujjatlari, institutlari va
normalarini ilmiy-amaliy talqin qilish amaliyotini tarqatish; huquq
ijod qilish, huquqni qo'llash va muhofaza qilish organlarining
faoliyatini yoritib borish.
Ko'rib chiqilayotgan sohada hal qilinmagan masalalar juda
ham ko'p. Yaqin vaqt ichida quyidagi vazifalarni hal qilish zarur:
ommaviy axborot vositalari faoliyati masalalarini yanada puxta
tartibga solish;
ommaviy axborot vositalarida O'zbekiston huquqi (konstitutsiya-
viy, fuqarolik, jinoyat huquqi va boshqalar)ning har xil institut va
normalari teng hajmda yoritilishiga erishish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
tahliliy asosni yanada kuchaytirish - ommaviy axborot vosita
larining asosiy vazifasi davlat va huquq haqida umumiy tasawur
berish, turli ijtimoiy tabaqalaming huquqiy ongini o'stirishdan ibo
rat ekanligini nazarda tutish;
materiallar taqdim etishning yuksak madaniyatiga erishish;
barcha ommaviy axborot vositalarida davlat va huquq haqidagi
ma’lumotlarning muntazam va tizimli oqimlarini tashkil etish.
|
| |