|
larini;
har xil miqyosdagi axborot-tahlil shoxobchalariniBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)larini;
har xil miqyosdagi axborot-tahlil shoxobchalarini;
axborot ta’minoti va lingvistik ta’minotni birlashtirish va
rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
Abonentlarning ko'pligi va ular O'zbekistonning turli hudud-
larida joylashganligini e’tiborga olib, axborotlarni tartibga solish va
kodlashning yagona qoidalari, shuningdek axborot tillarini tanlash
va ulardan foydalanishga yagona metodik yondashuvlar ishlab
chiqilishi zarur.
O'zbekiston miqyosida yagona huquqiy-axborot maydonini ya
ratish zarurligi respublika hududida ko'plab axborot markazlari va
tarmoqlari faoliyat ko'rsatishi bilan belgilanadi. A w alam bor bu
umumiy ahamiyatga molik respublika va hududiy axborot
markazlaridir.
Mamlakatda tashkil etiladigan m a’lumotlar bazalarining soni
taxminan bir necha o'n mingtaga yetadi. Ular jumlasiga fak-
tografik, dokumentografik, to'liq matnli va boshqa turdagi
ma’lumotlar bazalari kiradi. Viloyatlarda ko'p sonli hududiy axborot
markazlari va xizmatlari tashkil etiladi. Bu yerda ikki yo'nalishda
faoliyat ko'rsatish zarur:
1) idoraviy va milliy miqyosdagi barcha huquqiy axborot
markazlari va xizmatlarini integratsiya qilish;
2) mintaqaviy miqyosda tashkil etilgan markaz va xizmatlarni
integratsiya qilish, ya’ni bu o'rinda mintaqalararo hamkorlik
haqida gap boradi.
MDHga a’zo davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning
kengayishi va chuqurlashishiga har bir mamlakatning huquqiy
hujjatlari haqidagi tezkor, to'liq va to'g'ri ma’lumotlaming mavjud
emasligi to'sqinlik qilib turibdi. Milliy qonunchiliklarning jadal o'sishi,
ular o'rtasida tuzilgan ko'p tomonlama va ikki tomonlama bitimlar
|
| |