|
g'irrom raqobatga yo'l qo'ymaslik va buning oldini olish respublikaBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)g'irrom raqobatga yo'l qo'ymaslik va buning oldini olish respublika
monopoliyaga qarshi organi tomonidan O'zbekiston Respublikas
ining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Xalqaro axborot
almashish natijasida olingan noto'g'ri (yolg'on) xorijiy hujjatlash
tirilgan axborotlarni O'zbekiston Respublikasi hududida tarqatilish-
iga yo'l qo'yilmaydi.
Axborot tizimlarini xalqaro axborot almashish vositalari tarkibiga
kiritish mazkur axborot tizimlari xalqaro kodga ega bo'lgan taqdirda
amalga oshiriladi.
Xalqaro axborot almashish vositalari tarkibiga davlat axborot
tizimlarini kiritish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat texnik komissiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Hukumat aloqasi xizmatining ruxsati bilan
amalga oshiriladi.
§5. Davlatning axborotlar sohasidagi siyosati
«Axborotlashtirish» tushunchasidan boshqa yaqin tushuncha -
«davlatning axborotlar sohasidagi siyosati» tushunchasini farqlay
bilish zarur. Garchi ular o'zaro yaqin bo'lsa-da, bir-biridan jiddiy
farq qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Davlatning axborotlar sohasidagi siyosati davlat ichki va tashqi
siyosatining bir qismidir. Mazkur siyosat axborot oqimlarini hamda
axborotlar sohasidagi har xil davlat, jamoat, xususiy tuzilma va
tashkilotlarning faoliyatini tartibga solishni nazarda tutadi. Biroq
axborotlar sohasidagi siyosatning katta konstruktiv potensiali hali
o'zining munosib bahosini olgani va zarur darajada amalga tatbiq
etilgani yo'q. Davlatning axborotlar sohasidagi konsepsiyasini va
uni faollashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bu sohada-
|
| |