|
qichida ogohlantirish tizimini zudlik bilan tiklash, uning samarador-Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)qichida ogohlantirish tizimini zudlik bilan tiklash, uning samarador-
liginini oshirish uchun huquqiy axborotlarni tartibga solishga ki-
rishish talab etiladi. Axloqiy mavzulardagi ko'rsatuv va eshittirish-
lar sonini oshirish hamda ularning sifatini yaxshilash lozim. Diniy
mavzudagi ko'rsatuv va eshittirishlarning m a’naviy potensialidan
foydalanish zarur.
Normativ-huquqiy sohada: jahon andozalariga mos keladigan
axborotlar va axborotlashtirish to'g'risidagi izchil demokratik qonun
hujjatlarini ishlab chiqish, «Huquqiy axborotlar to'g‘risida»gi Qonunni
tayyorlash va qabul qilish; ko'rib chiqilayotgan sohada huquqni
qo'llash amaliyotini mustahkamlash; tarqatilayotgan huquqiy axborot-
laming soni va sifatini oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu ayniqsa
xususiy kompyuter firmalari tomonidan tarqatiladigan qonun huj-
jatlari va boshqa normativ hujjatlarning matnlariga tegishli.
www.ziyouz.com kutubxonasi
VI BOB. A X B O R O T XAVFSIZLIG I SOHASIDAGI
M U N O SA B A TLA R N IN G HUQ UQ IY MASALALARI
§ 1 . Axborot xavfsizligi
Jamiyatni ma’lumot va bilimlar bilan ta’minlash borasidagi muhim
vazifalarni bajarish bilan birga, axborot unga ma’lum darajada
zarar yetkazishi ham mumkin. Bu axborot xavfsizligi muammosini
vujudga keltiradi. Mazkur muammoning ikki jihati farq qilinadi:
salbiy axborotlaming yo'lini to'sish; axborotlaming o'zini himoya
qilish. Informatika va axborot texnologiyalari har bir mamlakatning
milliy xavfsizligini ta’minlashning samarali vositalari hisoblanadi.
Axborotlashtirish salbiy oqibatlami ham keltirib chiqardi — axborot-
lardan ruxsatsiz va g'ayriqonuniy foydalanish bilan bog'liq yangi
|
| |