|
jinoyat turlari (kompyuter jinoyatlari) paydo bo'ldi. KompyuterBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)jinoyat turlari (kompyuter jinoyatlari) paydo bo'ldi. Kompyuter
viruslari, «mantiqiy bombalar», axborot tarmoqlariga «elektron pul
o‘g‘irligi»ni sodir etish maqsadida kirish imkonini beruvchi dastur
lar, pornografiyani tarqatish, «elektron» josuslik shular jumlasi-
dandir.
Sifatli va shubhasiz to'g'ri axborotlarni tanlab olish, ya’ni axborot
lar muhitini «ifloslanish»dan saqlash muammosi ham mavjud.
Umumiy xavfsizlikning huquqiy masalalari O'zbekiston Respub
likasining «Xavfsizlik to'g'risida»gi Qonunida ko'rib chiqilgan1. Qo-
nunda shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashning
huquqiy asoslari mustahkamlangan, xavfsizlik tizimi va uning funk-
siyalari belgilangan, xavfsizlikni ta’minlash organlarini tashkil etish
va ularning faoliyatini moddiy ta’minlash, shuningdek bu organlar
faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish tartibi o'rnatilgan.
Xavfsizlik - bu shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim
manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganlik hola-
tidir. Xavfsizlikning asosiy obyektlari jumlasiga: shaxs - uning
huquq va erkinliklari; jamiyat - uning moddiy va ma’naviy boylik-
lari; davlat - uning konstitutsiyaviy tuzumi, mustaqilligi va hududiy
1 Axborot xavfsizligiga tahdid - jamiyatdagi axborot muhitining faoliyati va
rivojlanishiga xavf soluvchi omil yoki bunday omillar majmui.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yaxlitligi kiradi. Xavfeizlikni ta’minlashning asosiy subyekti davlat
hisoblanadi. U mazkur sohadagi o'z funksiyalarini qonun chiqa-
ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari orqali amalga oshiradi.
Davlat amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Re
|
| |