|
g'ayriqonuniy munosabatda bo'lish natijasida axborot resurslarinBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)g'ayriqonuniy munosabatda bo'lish natijasida axborot resurslarin
ing yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa
yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo'lsa,
muhofaza qilinishi kerak.
2. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari
hamda maxfiy sirlar to'g'risidagi axborotni o'z ichiga olgan axborot
resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi
shart.
3. Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini
tashkil etish tartibi ulaming mulkdorlari, egalari tomonidan musta-
qil belgilanadi.
4. Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to'g'risidagi axborotni o'z
ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza
qilinishini tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Axborotlami himoya qilishning texnik vositalari parollar va krip-
tografik himoya vositalarini o'z ichiga oladi.
Axborotlarni himoya qilishning texnik vositalari odatda ma’muriy
chora-tadbirlar bilan birga qo'llanadi. Ular jumlasiga tegishli max-
www.ziyouz.com kutubxonasi
fiylik rejimi, o'tkazish rejimi va ichki rejimni o'rnatish, xavfsizlik
xizmatini tashkil etish, xodimlarni o'qitib-o'rgatish va ularga yo'l-
yo'riqlar ko'rsatish kiradi.
Axborotlarni qo'riqlashning texnik vositalari elektromexanik, akus-
tik sig'imli, radiotexnik va magnitometrik vositalarni o'z ichiga
oladi.
Kriptografik himoya choralari axborotlarni shunday shifrlash
imkonini beradiki, ularning mazmuni bilan faqat maxsus axborot
(kalit) yordamida tanishish mumkin bo'ladi. Mutaxassislarning
|
| |