|
Abdujabbor muhammadiyevBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)tadbirlar tizimidir.
Oldin tilga olib o'tilganidek, «Xalqaro axborot almashishda
ishtirok etish to‘g‘risida»gi Qonunda axborot xavfsizligi tushun-
chasiga jamiyat axborot muhitining fuqarolar, tashkilotlar va davlat
manfaatlarida shakllantirilishi, qo‘llanilishi va rivojlantirilishini
ta’minlaydigan uning himoyalanganlik holati deb ta’rif beriladi.
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, axborot so-
hasini himoya qilishning maqsadlari quyidagilardan iborat :
axborotning chiqib ketishi, o'g'irlanishi, yo'qotilishi, buzilishi va
qal-bakiiashtirilishining oldini olish;
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligiga tahdidlarning oldini
olish;
axborotni ruxsatsiz yo'q qilish, modifikatsiyalash (qayta ish-
lash), buzish, undan nusxa olish, uni blokirovka qilishga qaratil
gan xatti-harakatlarning oldini olish; axborot resurslari va axborot
tizimlariga noqonuniy aralashishning boshqa xil shakllarining oldini
olish, hujjatlashtirilgan axborotlarning mulkchilik obyekti sifatidagi
huquqiy rejimini ta’minlash;
fuqarolarning axborot tizimlaridagi shaxsiy sirlarini saqlash va
shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash bo'yicha konstitut-
siyaviy huquqlarini himoya qilish;
davlat sirini hamda hujjatlashtirilgan axborotlarning maxfiyligini
qonun hujjatlariga muvofiq saqlash;
axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari
va ularni ta’minlash vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va
qo'llashda subyektlarning huquqlarini ta’minlash.
Axborotlar sohasidagi axborot xavfsizligini axborot xavfsizligi
Doktrinasi hamda bu sohadagi qonun hujjatlari normalarini hisob-
ga olgan holda qiyosiy tahlil qilish natijasida axborot sohasidagi
|
| |