spublikasi hududida har bir fuqaroning xavfsizligini ta’minlaydi




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/243
Sana27.11.2023
Hajmi6,82 Mb.
#106679
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   243
Bog'liq
Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

spublikasi hududida har bir fuqaroning xavfsizligini ta’minlaydi. 
O'zbekiston Respublikasidan tashqarida bo'lgan respublika fu- 
qarolariga davlat himoyasi va homiyligi kafolatlanadi.
Axborot xavfsizligi - bu axborot muhitining himoyalanganlik 
holati bo'lib, u mazkur muhitni vujudga keltirish, undan foydala­
nish va uning rivojlanishini ta’minlaydi. Axborot xavfsizligi davlat 
xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik, jamoat, mudofaa xavfsizligi, ekologik 
xavfsizlik va boshqa turdagi xavfsizliklar bilan bir qatorda dav­
latning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlashda muhim o'rin 
tutadi. Axborotlarni saqlash, ularning o'g'irlanishi yoki yo'q qilini- 
shi-ning oldini olishning tashkiliy, huquqiy va texnik choralari 
axborotlarni himoya qilish vositalari hisoblanadi. Axborotlarni himoya 
qilishning yuridik va texnik vositalari farq qilinadi.
Axborot xavfsizligi salbiy axborotlardan himoya qilish elementini 
o'z ichiga oladi. Bu element jamiyatda amal qiladi, zero mam- 
lakatdagi m a’naviy-psixologik muhitda televideniye, radio, mat- 
buot, axborot va reklama agentliklarining ahamiyati tobora ortib 
borayotgan sharoitlarda jamiyat va alohida ijtimoiy tabaqalar on- 
giga ommaviy axborot vositalarining ta’sir ko'rsatish imkoniyatlari 
ham kengayadi. Har xil salbiy axborotlarning tarqatilishiga qarshi 
kurash, shu jumladan huquqiy vositalar hamda huquqiy taqiqlar 
belgilash yo'li bilan ham amalga oshirilishi lozim. Boshqa tomon- 
dan, «axborot xavfsizligi» tushunchasi «axborot» tushunchasining 
o'ziga ham tegishlidir.
Informatsion-psixologik xavfsizlik - bu axborotlar ta’sirida vu­
judga keladigan xavf-xatarlarning oldini olish yoki ularni qaytarish- 
dir. Yoxud, ta’bir joiz bo'lsa, bu tavakkalchilikning informatsion- 

Download 6,82 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   243




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



spublikasi hududida har bir fuqaroning xavfsizligini ta’minlaydi

Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish