•
•
•
•
•
•
Axborot xavfsizligi
Xavfsizlikning asosiy yo`nalishlari
Axborot tarmoqlariga taxdidlar
Virus tushunchasi
Virusga qarshi dasturlar
Virus dasturlari va uning turlari
1-MA`RUZA
Reja
Axborot xavfsizligi
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish,
balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etadi. Axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy
Osiyoda birinchilardan bo`lib qo`shildi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo`yicha
aloqa axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi tamonidan quyidagi chora-
tadbirlar amalga oshiriladi:
Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir,
hamda
axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va
rivojlantirish bo`yicha davlat siyosatini yuritish;
Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining
yaratilishini tashkil qilish va bunda
ishtirok etish;
Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot
xavfsizligini ta’minlash;
Davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirishga ko`maklashish;
Davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash
yuzasidan
monitoring
natijalari
to`g’risidagi
statistik
ma’lumotlarni
axborotlashtirish va telekommunikattsiya texnologiyalari davlat qo`mitasiga
belgilangan tartibda taqdim etish;
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari
va provayderlari bilan
hamkorlik qilish, davlat organlarining kompьyuter va axborot texnologiyalaridan
foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo`yicha
birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmogi milliy segmentida
axborot xavfsizligida paydo bo`layotgan tahdidlar to`g’risida o`z vaqtida xabardor
qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo`yicha konsultattsiya xizmatlari
ko`rsatish;
qonun
buzuvchilarni tahlil qilish, identifikattsiyalashda, axborotlar makonidagi
ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga
oshirishda foydalaniladigan
metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan
hamkorlik qilish;
Internet tarmogi milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini
olish bo`yicha o`zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida
axborot xavfsizligi
sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Axborotni tegishli xukuklarga ega blmagan shaxslar yoki jarayonlar orkali
tarmokdan ruxsat etilmagan xolda olishga yul kuymaslik;
Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat
tomonlar o`rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo`llanilishiga ishonish kabilar
tushuniladi.