• Iqtisodiy xavfsizlik.
  • Mudofaa xavfsizligi.
  • Ijtimoiy xavfsizlik.
  • Ekologik xavfsizlik. e
  • Xavfsizlikning asosiy yo`nalishlari




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/22
    Sana07.10.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #273899
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    maruza1

    Xavfsizlikning asosiy yo`nalishlari 
    Axborot xavfsizligi. 
    Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi
    axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy 
    davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda, turli 
    xildagi axborot tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar 
    jamiyatning turli jabhalarida keng qo`llanilmoqda. 
    Iqtisodiy xavfsizlik. 
    Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta 
    ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan yangi tarmoq 
    vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi yangi iqtisodiy kategoriya 
    bo`lib xizmat qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar 
    axborot xavfsizligiga xam ta’sir ko`rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan 
    jamiyatni shakllantirish va uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib 
    borish natijasida milliy iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo 
    bo`lmoqda. 
    Mudofaa xavfsizligi. 
    Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan 
    bo`lib, mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot resurslari 
    hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar 
    juda ham kompьyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun xam ularga axborot 
    qurollarini qo`llash ehtimoli katta. 
    Ijtimoiy 
    xavfsizlik. 
    Zamonaviy 
    axborot 
    – 
    kommunikatsiyalar 
    texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo`llanishi inson 
    psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko`rsatish vositalarining 
    samaradorligini yuksaltirib yubordi. 
    Ekologik xavfsizlik. e
    kologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. 
    «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o`tish 
    faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo`lga 
    qo`yish mumkin. 



    Download 0,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish