|
tartibining buzilishidan himoya qilishBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)tartibining buzilishidan himoya qilish
Axborot xavfeizligini huquqiy ta’minlashning birinchi yo'nalishining
huquqiy asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining quy
idagi huquqiy normalari tashkil etadi.
«67-modda.Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga
muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to'g'riligi uchun belgilangan
tartibla javobgardirlar.
Senzuraga yo'l qo'yilmaydi».
Qonun chiqaruvchi shuni nazarda tutadiki, ommaviy axborotning
erkinligi va senzuraning man etilishi shubhasiz to'g'ri, hozirjavob,
obyektiv, ya’ni sifatli axborotlarni yaratish va tarqatish imkoniyatini
beradi, bu zararli va xavfli axborotlarning tarqatilishini istisno
etishi lozim (birinchi yo'nalishning mazmuniga qarang). Axborot
xavfsizligi nuqtai nazaridan, ommaviy axborot institutini shakllant-
irishda aynan shunday talablar qo'llanishi, ushbu institut doiras-
ida normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ham bu talablar
hisobga olinishi lozim.
«Insonlarning hayoti va sog'lig'iga xavf soladigan holatlar va
shart-sharoitlami yashirgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq
www.ziyouz.com kutubxonasi
javobgarlikka tortiladi». Bu norma shaxs va jamiyatni xavfli axborot
larning yashirilishidan himoya qiladi.
«Ijtimoiy, irqiy, milliy yoki diniy adovat qo‘zg‘atadigan tashviqot
yoki targ'ibotlarga yo‘1 qo‘yilmaydi. Ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy ustun-
lik yoki til ustunligini tashviqot qilish man etiladi».
Bu ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat normasi bo'lib, u shaxs va
jamiyatni aniq, ko'rsatilgan turdagi zararli va xavfli axborotlardan
himoya qiladi.
Sifatsiz axborotlarni tarqatganlik, axborot tarqatish tartibini buz-
|
| |