|
Abdujabbor muhammadiyev Pdf ko'rish
|
bet | 100/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)da amalga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4. Davlat mulki hisoblangan, foydalanish cheklangan axborot
larni qayta ishlaydigan tashkilotlar axborotlarni himoya qilishni
ta’minlaydigan maxsus xizmatlar tashkil etadilar.
5. Axborot resurslarining egasi yoki u vakolat bergan shaxslar
axborotni himoya qilishga bo'lgan talablaming bajarilishini nazorat
qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda axborotlarni qayta ish-
lashni taqiqlash yoki to'xtatib qo'yishga haqlidir.
6. Hujjatlashtirilgan axborotlaming egasi yoki sohibi axborot
tizimlaridagi o'z axborotlarini himoya qilish norma va talablarining
to'g'ri bajarilayotganini baholashni so'rab davlat hokimiyati organ-
lariga murojaat qilishga haqlidir. Tegishli organlar O'zbekiston
Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. Bu organlar
axborotlarni va tekshiruv natijalarini sir tutish shartlariga amal
qiladilar».
«Axborotlashtirish to'g‘risida»gi Qonunda axborotlarni himoya
qilish sohasidagi subyektlarning huquq va majburiyatlari belgilab
qo'yilgan.
« Axborotlarni himoya qilish sohasidagi subyektlarning huquq
va majburiyatlari.
1. Hujjatlar, hujjatlar to'plami va axborot tizimlarining egasi yoki
u vakolat bergan shaxslar foydalanuvchiga axborotlarni taqdim
etish vaqti, joyi va mas’ul mansabdor shaxslarning ko'rsatgan
holda, unga axborotlarni taqdim etish hamda zarur protseduralar
tartibini belgilaydilar va foydalanuvchilarning axborotlardan foy
dalanish shartlarini ta’minlaydilar.
2. Hujjatlar, hujjatlar to'plami va axborot tizimlarining sohibi
O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq axborot-
|
| |