|
miy inqiroz va axborot inqirozi sharoitlarida kechmoqdaBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)miy inqiroz va axborot inqirozi sharoitlarida kechmoqda.
O'zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi:
axborot texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiya vositalari
taraqqiyotidan ortda qolganligi;
mamlakatda telefonlashtirish yetarli darajada zich emasligi;
milliy axborot qonun hujjatlari taraqqiyotdan ortda qolganligi,
bir qator muhim qonunlar hanuz qabul qilinmaganligi, amalga
joriy etilgan qonunlar esa ko'pincha bajarilmasligi;
jamiyat a’zolari huquqiy-axborot madaniyatining pastligi;
O'zbekistonning jahon axborot hamjamiyatiga qo'shilishi masa-
lalariga davlat hokimiyati organiari, jamoat birlashmalari va om
maviy axborot vositalari tomonidan yetarli darajada e ’tibor beril-
masligi bilan farq qiladi.
O'zbekiston eng yangi axborot texnologiyalari sohasida rivoj-
langan g'arb mamlakatlaridan hatto optimistik baholashlar bo'yicha
ham 25-30 yilga ortda qolgan. Jumladan, informatika vositalarini
ishlab chiqarish hajmlari, EHM texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari va
axborot uzatish tizimlari bo'yicha O'zbekiston AQShdan 4-5 bara-
var ortdadir.
O'zbekistonning jahon axborot maydoniga kirishi konsepsiya-
sini shakllantirish negizida xalqaro tarmoq tushunchasi yotadi.
Xalqaro tarmoq - bu komponentlari bir nechta mamlakatda
joylashgan kompyuter tarmog'idir. Bunday tarmoqlar ilmiy tad-
qiqotlarni axborotlar bilan ta’minlash, iqtisodiy va texnologik vazi
falarni hal qilish uchun tashkil etiladi.
Jahondagi ilg'or mamlakatlarning axborot yig'ish, qayta ishlash
va uzatish yagona jahon uyali axborot tarmog'ining zamonaviy
telekommunikatsion aloqa vositalari kommutatsiya kanallariga ega
davlat aloqasi, yo'ldoshli aloqa tizimlari, yer osti aloqa tizimlari,
|
| |