|
ikki tomonlama bitimlar tuzish amaliyoti riovjlanib bormoqda. YagBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)ikki tomonlama bitimlar tuzish amaliyoti riovjlanib bormoqda. Yag
ona huquqiy-axborot maydonini yaratish strategiyasining vazifalari
doirasida tavsiya xususiyatiga ega bo'lgan bir nechta qonun
hujjatlarini, shu jumladan «M DHga a’zo davlatlarning ommaviy
axborotlar sohasidagi hamkorligi to'g‘risida»gi normativ hujjatni
qabul qilish zarur. Bunday hujjatni qabul qilish bir MDH davlati-
ning davriy matbuot nashrlari, televizon va radio dasturlari boshqa
davlatlarning hududida o'zaro asosda, hech qanday kamsitish va
noqonuniy cheklashlarsiz keng tarqatilishiga, ommaviy axborot
vositalari tahririyatlari va muxbirlari butun Hamdo'stlik hududida
ishlashlari uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratishga yor-
dam berishi lozim.
§4 . O'zbekistonning jahon axborot maydoniga
kirishi muammosi
Jahon axborot maydonini yaratish kishilik taraqqiyotining hozir-
gi bosqichida insoniyat oldida turgan ulkan vazifalardan biridir.
Xalqaro huquqiy axborotlar maydoni ana shu jahon axborot may-
donining bir qismi bo'lishi lozim. Xalqaro kompyuter tarmoqlari
jahonning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olishi zarur. Bu
jahon iqtisodiyoti, siyosati, biznesi, ijtimoiy munosabatiar, shart-
nomalar tuzish, to'lovlami amalga oshirish va boshqa sohalarda
yangi imkoniyatlar ochadi.
Xalqaro kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi milliy tizimlarni
takomillashtirish zarurati bilan bog'liq. Ko'pgina rivojlangan mam-
www.ziyouz.com kutubxonasi
lakatlarda axborot texnologiyalari sohasida ortda qolish qaytmas
jarayonga aylanishi mumkinligiga ishonch kuchayib borayotir.
O'zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi umu
|
| |