|
tashkilotlari taqdim etgan: Korneliyadagi A Q SH yuridik axborotlarBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)tashkilotlari taqdim etgan: Korneliyadagi A Q SH yuridik axborotlar
instituti; Indiana shtati universitetining huquq maktabi, Kolumbiya
universitetining yuridik resurslari, Sidney universiteti huquq makta-
bining arxivi. Internetdan informatsion rivojlangan mamlakatlarning
qonun hujjatlari ham o'rin olgan.
G'arbiy Yevropaning barcha parlamentlari Internetga ulangan.
Bugungi kunda O'zbekistonning ayrim yuridik organlari va muas-
sasalari (Oliy Majlis, Adliya vazirligi va boshqalar) ham Internetga
ulanmoqdalar. Bunday hollarda foydalanilishi mumkin bo'lgan
axborotlar jumlasiga AQSH Kongressining kutubxonasida, boshqa
mamlakatlar parlamentlarining kutubxonalarida saqlanayotgan yu
ridik hujjatlar kiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
8-rasm. Internet xalqaro tarmog'ining blok-sxemasi
MHT - mahalliy hisoblash tarmog'i
Interpol (xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti)ning kompyuter
tarmog'i ham global ahamiyatga molikdir. U 190 ga yaqin mam-
lakatning politsiya organlari va muassasalarini qamrab olgan
bo'lib, maqsadi butun jahon politsiya organlarining tezkor faoliya-
tini hamda jinoyatlarni ochish va tergov qilish ishlarini axborot
bilan ta’minlashdan iborat. Interpolning kompyuter tarmog'i xalqaro
jinoyatchilikka qarshi kurashning ancha samarali vositasi hisobla-
nadi.
Interpolning kartotekasi uch bo'limdan iborat: alohida jinoyatlar
haqidagi ma’lumotlar dosyesi; fotosuratlar va o'n barmoqli dakti-
lokartalar to'plami; xalqaro xususiyatga ega jinoyatlar ro'yxatga
olingan hujjatlar.
Interpolning telekommunikatsiya tarmog'i uch bo'g'inli tuzilishga
ega. Birinchi bo'g'in 190 ta Milliy Markaziy Byuro va 14 ta kichik
|
| |