• Taqrizchilar: Olimboev E. SH. – TTESI, professor, t. f. n; Valiyev G. N.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    O‘RTA MAXSUS, KASB-XUNAR TA’LIM MARKAZI
    Boymuratov B. X., Daminov A. D.
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA 
    TAYYORLASH
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    TOSHKENT
    «NISO POLIGRAF»
    2017


    UO‘K 677.023
    KBK 37.230.3
    I 70
    Taqrizchilar:
    Olimboev E. SH.
    – TTESI, professor, t. f. n;
     
    Valiyev G. N.
    – «O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tad qiqot 
    instituti» katta ilmiy xodimi, t. f. n.
    ISBN 978-9943-4869-5-9
    © B. Boymuratov va boshq., 2017
    © «Niso Poligraf» nashriyoti, 2017.


    3
    KIRISH
    O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati mahalliy xomashyoni 
    qayta ishlashga asoslangan ko‘p asrlik tarixga ega: paxta tolasi, 
    ipak, terichilik, kaolin kabilar mamlakatning milliy boyligi 
    hisoblanadi. Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston orqali o‘tishi, bu 
    yerda ishlangan paxta va ipakli matolar hunarmandchiligi, o‘ziga 
    xos xushbichim milliy ust-bosh va oyoq kiyimlar, suratlar chizilgan 
    sopol idishlar dunyoning ko‘plab davlatlariga mashhur bo‘lgan. 
    Hozirgi vaqtga kelib, dunyoda eksportni amalga oshiruvchi yengil 
    sanoat tarmoqlar orasida yuqori reytingga ega bo‘lib turibdi. Bu 
    soha eksport tovarlar nomenklaturasida yigirilgan ip-kalavadan 
    tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan keng tarmoqni o‘z ichiga 
    olgan. Shu nuqtayi nazardan sohaning eksport potensiali salmoqli 
    o‘ringa ega bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishi mavjud strategik 
    investor, jahon bozoridagi tovarlar konyunkturasi, biznes rejaning 
    samaradorligi, kadrlarning eksport ishlab chiqarish talablariga 
    muvofiq kelishiga bog‘liqdir.
    To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, zamonaviy yuqori 
    texno 
    logiyalardan foydalanish va bozor iqtisodiyoti sharoitida 
    mavjud xomashyolardan foydalanib, raqobatbardosh sifatli yangi 
    turdagi to‘qimalarni ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri 
    hisoblanadi.
    Iplarni to‘quvchilikka tayyorlash ip va to‘qima ishlab chiqarish 
    jarayoni o‘rtasidagi bog‘lovchi texnologik zveno bo‘lib hisoblanadi.
    To‘quvchilik ishlab chiqarish texnologik jarayoni asosan 
    quyidagilardan: ishlab chiqarilayotgan to‘qimalar assortimenti, 
    xomashyo va to‘qimalarning tuzilishidan tashkil topadi.


    4
    Mahsulotning fizik-mexanik xususiyatlarini saqlagan holda 
    ularni tannarxining kamaytirish to‘qimachilik mutaxassislarining 
    asosiy vazifasi hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham turli xil 
    to‘qimachilik iplarini ishlab chiqarishga jorish etish masalasiga katta 
    e’tibor qaratiladi.
    Kimyoviy iplardan foydalanish darajasining ortib borishi, 
    ularning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari nafaqat tabiiy tolalardan 
    qolishmaydi, balki ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ulardan yuqoriroq 
    hamdir. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarishda materiallar 
    va mehnat xarajatlarini kamaytirish, xomashyoning arzonligi va 
    uzluksiz ta’minlanishi katta rol o‘ynaydi.
    Tanda va arqoq iplarining fizik-mexanik xususiyatlari mashina 
    va to‘quv dastgohlarining yuqori unumdorlikda ishlashini, ishlab 
    chiqarish jarayonining uzluksizligini va to‘qimaga qo‘yilgan 
    funksional talablarni ta’minlashi kerak bo‘ladi. Bunday talablarni 
    bajarish uchun to‘quv dastgohida qayta ishlashni ta’minlovchi tanda 
    va arqoq iplarini tayyorlash talab etiladi.
    To‘quv ishlab chiqarish korxonasiga tanda iplari xomashyo 
    yigirish tuftagida, g‘altakchalarda, kalavada va bobinalarda 
    keltiriladi. Qayta o‘rash jarayonida iplar yigirish tuftagidan 
    konussimon yoki silindrsimon bobinaga o‘raladi. Bobinalarga 
    o‘ralgan iplar kerakli uzunlikda keyingi tandalash jarayonining 
    muqobil kechishini ta’minlashi uchun o‘raladi. Kimyoviy iplar 
    asosan bobinalarda keltiriladi.
    Iplarni to‘quvchilikka tayyorlashning ko‘pgina texnologik 
    jarayonlari murakkab kategoriyaga mansub bo‘lib, ular bir-biriga 
    o‘zaro bog‘liq ko‘plab texnologik omillar bilan tavsiflanadi. Uskuna 
    va dastgohlarning yuqori unumdorligini, ishlab chiqarilayotgan 
    mahsulot sifatining talab darajasida bo‘lishi bevosita muqobil 
    tanlangan va o‘rnatilgan texnologik omillarga bog‘liq bo‘ladi.


    5

    Download 8,58 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish