19
1) ipning fizik-mexanik xossalari yomonlashmasligi;
2) o‘ramadan keyingi jarayonlarning yuqori tezligida ham
ipning chuvalib chiqishi yengil, tarangligi
esa doimiy va barcha
bobinalarda bir xil bo‘lish;
3) Bobinalardagi ipning uzunligi maksimal va barcha bobina-
larda bir xil bo‘lishi;
4) iplarning uchlari pishiq va qulay tugunlar bilan ulab qo‘yilishi
hamda tugunlar to‘quv dastgohi anjomlarida yengil o‘tishi va
to‘qimaning tashqi ko‘rinishini pasaytir masligi;
5) jarayon yuqori unumdorlikka ega bo‘lishi, lekin yuqori
unumdorlik ip va bobinalar sifatining pasayishi hisobiga bo‘lmasligi;
6) Iloji boricha chiqindi kamroq,
samaradorlik esa yuqori
bo‘lishi kerak.
2.2. Iplarni o‘rash turlari
Iplarni qayta o‘rash usuliga, o‘rama turlariga qarab
o‘rash
turlari
uch turga bo‘linadi.
1. Parallel.
2. Parallelsimon.
3. Krestsimon.
Parallel o‘rama to‘quv g‘altagi, tanda g‘altagi kabi o‘ramalarga ip
o‘raladi.
Parallel o‘rash
turida bir necha iplar, bir-biriga
nisbatan parallel
holda gardishli (iplarning chetdan tushib ketishini saqlovchi)
o‘ramalarga o‘raladi. Bunday o‘rash usulining qo‘llanish doirasi
chegaralangan (to‘quv va tanda g‘altaklari) (3-
a
rasm).
Parallelsimon o‘rash
turida yakka ip o‘rama bo‘ylab parallel-
simon ravishda o‘raladi. Iplar o‘rama
chetidan tushib ketmasligi
uchun cheti konussimon, gardish yoki maxsus richaglar bilan to‘sib
qo‘yiladi (3-
b
rasm).
Parallel o‘ramada iplar bir-biriga parellel ravishda yonma-yon
joylashadi. Bu esa o‘ramada iplarning ko‘proq joylashishini ta’min-
laydi. Biroq parallel o‘ramada iplarning o‘rama
chetida mustahkam
20
joylashmaganligi uchun gardishlar bilan ikki tomondan to‘sib
qo‘yiladi.
Parallel va parallelsimon o‘rash turlarining
kamchiliklari:
1. G‘altakchaning aylanishi hisobiga undan ipni chuva
tish
tandalash mashinasi unumdorligining pasayishiga olib keladi va
chuvatishning boshlang‘ich momentida me’yoriy tezlikni ta’minlash
talab etiladi hamda uzilish miqdori yuqori bo‘ladi.
2. Tandalash jarayonidagi taranglikning keskin o‘zgarishi
tanda
sifatiga ta’sir etadi.
3. Bo‘sh g‘altakchalar (og‘irligi va hajmi, joy egallashi) o‘rama-
larni tashishda (transportirovka qilishda) qo‘shimcha xarajatlarni
talab etadi.
4. Tandalashdan so‘ng g‘altakchalarda
qolgan katta miqdordagi
qoldiq iplar (nachinkalar) chiqindilar miqdori ning ko‘payishiga olib
keladi.
G‘altak o‘rovchi qayta o‘rash mashinalarining tezligi past bo‘ladi
(xom ipak o‘rashda 140–180
m/min
).
G‘altakchalarni narxining yuqoriligi (qog‘oz patronga nisbatan),
ularning tez ishdan chiqishi, mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir
etishi kabi omillar krestsimon qayta o‘rash texnologiyasini
takomillashtirishni yanada rivojlantirishni talab etmoqda.