21
θ = 90°
b)
d)
2.2-rasm.
O‘rama turlarini ko‘rinishi.
Krestsimon o‘rash turining
afzalliklari:
1. O‘rama sifatining yuqoriligi;
2. Yuqori zichlikdagi o‘ramalar olish
imkoniyatining mavjudligi;
3. Chuvatish jarayonining yaxshiligi;
4. Yuqori zichlikdagi o‘ramalar olish ishlab chiqarishdagi chiqin-
dilar miqdorining kamayishiga, ish unumdorligining oshishiga,
to‘qima sifatining ortishi imkoniyatini beradi.
Krestsimon o‘rash turining
kamchiliklari:
1. Krestsimon o‘rash turida katta hajmli va og‘irligi
yuqori
o‘rama olish imkoniyati yo‘q.
2. O‘ramaga o‘rash zichligining notekisligi yuqori.
3. Jarayonda ip chuvatish va taranglikning notekisligi,
bobina
oxirida ipning chiqib ketish hollari mavjud.
Parallelsimon va krestsimon o‘rash turlari qayta o‘rash tezligi
va taqsimlash mexanizmi tezliklarining nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar taqsimlash katta bo‘lsa, iplarni o‘ramada
joylashish burchagi
katta bo‘lib, krestsimon o‘rama hosil bo‘ladi. Agar taqsimlash tezligi
kichik bo‘lsa, iplarni qatlamlararo joylashishi
bir-biriga nisbatan
juda yaqin bo‘ladi va parallelsimon o‘rama hosil bo‘ladi.
22
2.3. Qayta o‘rash mashinalari
Zamonaviy qayta o‘rash mashinalari quyidagi belgilar bo‘yicha
tavsiflanadi. Qayta o‘rash mashina va avtomatlarining turlari.